• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qarama-qarshilik va proteksionizm jahon iqtisodiyoti parchalanishi va yetkazib berish zanjirlari uzilishiga sabab bo‘lmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni Ostona shahrida “SHHT plyus” formatining “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash — barqaror tinchlik va taraqqiyot sari intilish” mavzusidagi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbirda SHHTga aʼzo davlatlar delegatsiyalari va uning doimiy faoliyat yurituvchi organlari rahbarlaridan tashqari kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha sherik mamlakatlar yetakchilari, faxriy mehmonlar, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

    O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida keng tarkibdagi “SHHT plyus” yig‘ilishi ayni vaqtida o‘tkazilayotganini taʼkidladi.

    “Hozir dunyo ishonch, adolat va hamjihatlik qayta tiklanishiga har qachongidan ham ko‘proq ehtiyoj sezmoqda”, — dedi prezident.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi global jarayonlarga baho berar ekan, davlatimiz rahbari siyosiy va iqtisodiy “parchalanishlar”, urushlar va mojarolar xalqaro munosabatlar tizimi asosi va hal qiluvchi tamoyillarining yemirilishiga olib kelayotganini qayd etdi.

    “Qarama-qarshilik va proteksionizm jahon iqtisodiyoti parchalanishi va yetkazib berish zanjirlari uzilishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatlarning savdo, moliya, sarmoya, texnologiya va innovatsiyalar transferi sohalaridagi samarali hamkorligida to‘sqinlik qiladigan yangi ajratuvchi chegaralar vujudga kelmoqda”, — dedi prezident.

    Taʼkidlanganidek, “ushbu muammolarni hal qilishning yagona yo‘li – umumiy xavfsizlik, taraqqiyot va farovonlik uchun saʼy-harakatlarimizni birlashtirishdir”.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston rahbari SHHT har doim xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va BMTning markaziy muvofiqlashtiruvchi roliga tayanadigan ko‘p tomonlamalik asosidagi adolatli dunyo tartiboti tarafdori bo‘lib kelgani va shunday bo‘lib qolayotganini taʼkidladi.

    Shu bilan birga, yuzaga kelgan voqelik Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati samarasini oshirishda yangi strategik yondashuvlarni talab etmoqda.

    “Tashkilotimizning ulkan salohiyati hamda jahon siyosati va iqtisodiyotidagi ortib borayotgan roliga mos keladigan yangi maqsad va vazifalarni ishlab chiqish vaqti keldi”, — dedi prezident.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari SHHT taʼsis etilgan davrdan buyon zamonaviy tahdidlarning tabiati va miqyosi sezilarli darajada o‘zgargani sababli xavfsizlikni taʼminlash masalalarida uning faoliyatining konseptual asoslariga yangi nigoh bilan qarashni taklif qildi.

    SHHT salohiyatini mustahkamlashda, jumladan, Xavfsizlikka xatar va tahdidlarga qarshi kurash bo‘yicha universal markazni tashkil etishda ushbu omillarni hisobga olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    O‘zbekiston prezidenti vakolatli organlar rahbarlari va ekspertlar ishtirokida har yili “Xavfsizlik masalalari bo‘yicha SHHT plyus muloqoti”ni o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident SHHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni izchil “qayta ishga tushirish”, ko‘p tomonlama savdo va tarmoqlararo sheriklikning mustahkam asoslarini yaratish muhimligini taʼkidladi.

    Sammit davomida tomonlar savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron savdoni rivojlantirish, texnologik kooperatsiyani, shu jumladan kelajak sanoati tarmoqlarini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olgani taʼkidlandi.

    Biznes muloqoti uchun samarali platformani shakllantirish maqsadida O‘zbekiston yetakchisi barcha sheriklarni jalb qilgan holda har yili “SHHT EKSPO” xalqaro sanoat ko‘rgazmasini o‘tkazishni taklif etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi, YEOII, ASEAN va boshqalar bilan iqtisodiy hamkorlikni faol ilgari surish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini izlash muhimligi qayd etildi.

    Bugungi geosiyosiy vaziyatda hududlararo o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish uchun inklyuziv va integratsiyalashgan transport-tranzit tizimini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

    O‘zbekiston prezidenti taʼkidlaganidek, ekologik muammolar kuchayib borayotgan bir sharoitda iqlim sohasidagi hamkorlik SHHT yangi kun tartibining eng muhim qismiga aylanishi kerak. Shu munosabat bilan “yashil” taraqqiyot sohasidagi umumiy maqsad va vazifalarga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, Toshkentda ekologik barqarorlik va “yashil” o‘sish sohasida tadqiqotlar olib boradigan SHHTning Iqlim muammolari bo‘yicha innovatsion yechimlar markazini tashkil etish taklif qilindi.

    Aholining hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy himoya masalalari tashkilot kun tartibida markaziy o‘rinni egallashi lozim, dedi davlatimiz rahbari. Shu maʼnoda, kelgusi yili Samarqand shahrida Kelajak sammiti maqsadlariga erishishga munosib hissa qo‘shish uchun BMT shafeligida barqaror ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha global konferensiyani o‘tkazish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

    Mamlakat yetakchisi sivilizatsiyalararo muloqotning noyob modelini ilgari surish va birgalikda mustahkamlashga chaqirdi. Qayd etilganidek, “xalqlarimizning boy madaniy-tarixiy va maʼnaviy merosi, anʼanalari, urf-odatlari va turmush tarzi – bu o‘zaro ishonch ko‘prigini, yaxshi qo‘shnichilik va yaqin do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan qudratli va hayotbaxsh kuchdir”.

    Yaqinda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining “Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasida muloqot kuni” rezolyutsiyasida aynan shu yo‘nalish aks etganligi taʼkidlandi.

    Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik bo‘yicha Samarqand tashabbusining dolzarbligi yana bir bor qayd etildi.  Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi barqaror rivojlanish yo‘lidagi ziddiyatlarni yengib o‘tishda sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Madaniyat, taʼlim, yoshlar va sayyohlik almashuvlar sohasidagi dasturlarni amalga oshirishga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, ushbu yo‘nalishlardagi loyihalarni tizimlashtirish va birgalikda amalga oshirish imkonini beradigan SHHT gumanitar tashabbus va dasturlari yagona bankini ishlab chiqish taklif etildi.

    Davlat rahbari so‘zining yakunida “SHHT plyus” formatidagi ushbu uchrashuv yakunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p qirrali sheriklik rivojiga kuchli turtki berishiga ishonch bildirdi.

    04.07.2024, 18:50   Izoh (0)   3445
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    03.07.2024, 19:02

    Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi

    04.07.2024, 12:24

    “Biz ‘SHHT oilasi’ jipsligini kuchaytirishimiz zarur” — Shavkat Mirziyoyev tashkilot oldida turgan eng dolzarb vazifalar haqida gapirdi

    04.07.2024, 14:36

    Qashqadaryoda er-xotin uy olish maqsadida bir haftalik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga pulladi 

    04.07.2024, 18:42

    “Lukoyl”ga nisbatan narx manipulyatsiyasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

    04.07.2024, 18:29

    O‘zbekistonda ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd so‘mi talon-toroj qilingani aniqlandi 

    04.07.2024, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.