• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    Ostona shahriga amaliy tashrif doirasida 3-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuv avvalida davlat rahbari Xitoy raisiga O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotgani hamda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

    Yetakchilar keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida ulkan yutuqlarga erishilganini ta’kidladi.

    O‘zbekiston prezidentining joriy yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hukumatlar, parlamentlar, tashqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi.

    Yil yakuniga qadar Tashqi ishlar vazirlari strategik muloqotining ikkinchi yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan. Yaqin kunlarda Xitoy parlamentining yuqori darajadagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

    Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin istiqbolda bu ko‘rsatkichni 20 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari qayd etildi.

    Investitsiya loyihalarining joriy portfeli 50 milliard dollardan oshgan. Shu yil boshidan buyon mamlakatimizda 3 milliard dollardan ziyod Xitoy sarmoyasi o‘zlashtirilib, 500 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etildi.

    Infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va "yashil" energetika sohalarida strategik hamkorlik dasturlarini qabul qilishni jadallashtirishga kelishib olindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yaqinda Jizzax viloyatida O‘zbekiston-Xitoy texnoparki ishga tushirilgani va mintaqamizda birinchi bo‘lib BYD elektromobillari ishlab chiqarila boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Xitoyning yetakchi moliyaviy tuzilmalari bilan hamkorlik kengaymoqda. Xususan, “Ipak yo‘li” jamg‘armasi bilan investitsiya platformasi yaratildi, Xitoy Eksimbanki ko‘magida poytaxtimizda Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlanmoqda. Ushbu bankning Toshkent shahrida hududiy filiali ochilishi kutilmoqda.

    Hududlararo almashinuvlar faollashgani yuqori baholandi. Yil boshidan buyon mamlakatimizning barcha hududlari rahbarlari bir necha bor Xitoyga tashrif buyurdi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Anxoy, Szyansi, Szyansu, Chjetszyan, Shandun, Shensi va Shanxay muzofotlari delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘ldi. Pekin, Urumchi va boshqa bir qator shaharlarda savdo uylari ochildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kelgusi yilda ikkinchi Hududlar forumi o‘tkazilishi belgilab olindi.

    Prezident XXR raisining kambag‘allikka qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlayotganini alohida ta’kidladi. Bu muhim yo‘nalishda tajriba almashish bo‘yicha uzoq muddatli dastur qabul qilish taklifi bildirildi.

    “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida transport bog‘liqligini mustahkamlash va mintaqani rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. O‘zbekiston tomonining “yagona Xitoy"” siyosatini qo‘llab-quvvatlash va “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmas ekani tasdiqlandi.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, “Markaziy Osiyo-Xitoy” formati va boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlik davom ettiriladi.

    Davlat rahbari XXR yetakchisiga SHHTga raislik davrida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Turizm, ilm-fan, ta’lim, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini o‘rganish sohalarida hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    Yaqinda Toshkentda Markaziy Osiyodagi Konfutsiy institutlari forumi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizda XXR oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish, Xitoyning professional ta’lim tizimi — “Lu Ban ustaxonasi”ni keng joriy etish rejalari belgilandi. Ikkinchi Ta’lim forumini kelgusi yilda o‘tkazish taklifi bildirildi.

    Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti XXR raisini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

    Uchrashuv har doimgidek o‘zaro ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi.

    03.07.2024, 19:02   Izoh (0)   7827
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

    02.07.2024, 14:26

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    03.07.2024, 15:21

    Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi

    03.07.2024, 17:10

    Samarqandda 4 dona ratsiyadan noqonuniy foydalangan oilaviy korxona aniqlandi

    03.07.2024, 18:55

    Senat reproduktiv salomatlik bo‘yicha shtablarni rasmiyatchilik uchun tashkil etilgan deb baholadi

    03.07.2024, 18:30

    Ikki hududda o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

    03.07.2024, 18:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kannavaro YCHL finalida favorit kimligini aytdi

    Sport | 29 may, 20:57

    Uch qahramon: adabiyot va kinodagi arxetiplar

    O‘zbekiston | 29 may, 19:30

    AQSH 13 yildan so‘ng Suriyada yana elchixonasini ochdi

    Dunyo | 29 may, 20:55

    Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi bosqichini taklif etdi, Kiyev pozitsiyalarni aniqlashtirishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 20:40

    Xorijlik fuqaro O‘zbekistonga ichki kiyimlari orasida 96 gr taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 29 may, 20:25

    AQSHdagi kompaniya havodan benzin olishni taklif qilmoqda

    Dunyo | 29 may, 20:10

    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

    Reklama | 29 may, 18:00

    Buxoroga Xitoydan 24 dona zamonaviy avtobus xarid qilindi

    O‘zbekiston | 29 may, 19:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.