Toshkent viloyati Bekobod tumanida qarzdorlik evaziga Monza xatlandi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga.
Ma’lum qilinishicha, byuroning Bekobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Abdullayevadan, undiruvchi bank foydasiga 238 million 920 ming so‘m kredit qarzdorlik hamda undiruvni garov mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Bo‘lim davlat ijrochilari olib borgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli bo‘lgan Monza avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Izoh (0)