• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Ob-havo

    “27-iyunda O‘zbekiston aholisi mavsum uchun eng issiq harorat to‘lqini bilan to‘qnashadi” — iqlimshunos

    O‘zbekistonda 27-iyun kuni kutilayotgan bioiqlimiy sharoit prognozi maʼlum qilindi. Unga ko‘ra, bir qancha hududlar aholisi issiqlik stresslarini qabul qilishi kutilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tahliliga tayanib, O‘zbekistonda 27-iyun kuni soat 16:00 da kutilayotgan bioiqlimiy sharoit prognozini eʼlon qildi. Iqlimshunosning yozishicha, yaxlit shaklga ega past bosimli atmosfera sohasi issiqlik to‘lqinini (ehtimoliy termik depressiya jarayoni) keltirib chiqarmoqda.

    Bioiqlimiy xarita: Uzb_Meteo / Erkin Abdulahatov
    Ishonchli iqlim modellarining havo hamda shudring nuqtasi harorati (hisob-kitoblar asosida nisbiy namlik kelib chiquvchi ob-havo parametri) prognoz maʼlumotlaridan foydalanib, prognoz kartasi tuzildi. Kartada keltirilishicha, ehtimoliy termal tushkunlik (termik depressiya) jarayonida 27-iyun soat 16:00 da Sirdaryo viloyati, Toshkent viloyati janubi, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari asosiy qismi, vodiy viloyati markazi, Qo‘qon shahri atrofi hamda Xorazm viloyatining Tuyamo‘yin suv ombori atrofidagilar yuqori issiqlik (6-zona) stresslarini (qizil rangli hududlar) qabul qiladi. Bu sharoitda kishilar ochiq oftob ostida harakatlanishi tavsiya etilmaydi. Ertaga respublikaning katta qismida “issiq” (to‘q sariq) bioqlimiy sharoitlar (5-zona) kuzatilib, bu kabi hududlardagi aholi ochiq oftob tig‘i ostida bosh kiyim, oq va sariq rangli matolardagi kiyimlarni kiyishlari, ko‘p suv isteʼmol qilishlari tavsiya etiladi, deb yozadi iqlimshunos.

    “O‘zgidromet”ning kelayotgan bir sutka uchun taqdim etgan prognozlarida ham janubiy viloyatlarda havo harorati +44 daraja, poytaxtda +41 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +42 daraja hamda Farg‘ona vodiysida ham +41 darajagacha yetishi maʼlum qilingan.

    Erkin Abdulahatovning yozishicha, oq va sariq rangli paxtali kiyimlar quyosh nuri taʼsirini inson tanasiga eng kam taʼsir o‘tkazuvchi matolar hisoblanadi. Jazirama yoz oylari uchun eng maqbul rang oq va sariq rangli kiyimlardir. Qora, to‘q yashil va to‘q ko‘k rangli futbolkalarni yuqori faollikdagi quyosh tig‘i ostida kiyish tavsiya etilmaydi.

    Maʼlumot uchun, termik depressiya (termal tushkunlik) yozgi sinoptik jarayon bo‘lib, Markaziy Osiyoning janubi-sharqida past bosimli hududning paydo bo‘lishi va quruq-jazirama issiq ob-havo bilan tavsiflanadi. Termal tushkunlik davrida Markaziy Osiyo tekislik hududlarida havo harorati 44–46 darajaga, baʼzi hollarda +48 darajagacha yetishi mumkin. Termik depressiyaning davomiyligi 2–3 sutkadan 5–7 sutkagacha, baʼzi yillarda esa 1,5–2 haftagacha davom etadi. So‘nggi paytlarda mazkur sinoptik jarayon kuzatilgan davrda mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda energetik tizimda kuchli zo‘riqishlar kuzatilmoqda.

    Dunyoda iqlim o‘zgarishi hududlarda o‘rtacha yillik havo haroratining yuqori ko‘tarilib borilishi bilan birga mavsumlarda qisqa muddatli issiqlik va sovuqlik stresslarini (anomaliyalar) keltirib chiqarmoqda. Natijada dunyo aholisi o‘rtasida issiqlik va sovuqlik stresslaridan taʼsirlanish orqali o‘limlar soni ham ortmoqda.

    “-Ko‘pchilik faqat havo haroratining o‘zgarishigina inson salomatligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri taʼsir etadi, degan noto‘g‘ri to‘xtamga keladi. Aslida tashqi muhitda havo harorati bilan bir qatorda bir nechta ob-havo parametrlari (havo nisbiy namligi, shamol tezligi, quyosh radiatsiyasi va boshqalar) insonning fiziologik holatiga taʼsir etib, undagi kundalik ish samaradorligini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zgartiradi. Bunda inson fiziologiyasi yaʼni tanasiga taʼsir etuvchi tashqi muhit holatini yuqorida keltirib o‘tilgan juda ham ko‘plab ob-havo parametrlarini inobatga oluvchi biometeorologik indekslar yordamida aniqlangan bioiqlimiy sharoitlar orqali aniqlik kiritiladi, deya maʼlum qilgan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

    Qayd etilishicha, biometeorologiya amaliy meteorologiyaning ko‘p sonli sohalaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy predmeti ob-havo sharoitlarining inson fiziologik holatiga taʼsirini o‘rganishdan iborat. O‘z navbatida biometeorologiyaning tarmog‘i hisoblangan bioiqlimshunoslik iqlimning inson organizmiga taʼsirini tadqiq etadi.

    Avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning iyul va avgust oyi boshlarida noodatiy (anomal) issiqlik davrlari kuzatilishi mumkinligi xabar qilingandi. 

    26.06.2024, 20:10   Izoh (0)   134405
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishiga salbiy taʼsir etuvchi xatarlar maʼlum qilindi

    06.02.2024, 19:20

    Hindistonda harorat rekord darajada ko‘tarilib, 20 kishi vafot etdi

    31.05.2024, 13:47

    SSV yozda salomatlikni saqlash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    09.06.2024, 13:10

    “Havo harorati eng issiq davrga kirib boryapmiz” — iqlimshunos O‘zbekiston va dunyodagi iqlim o‘zgarishi haqida   

    14.06.2024, 16:54

    O‘zbekistonda anomal issiq qachon kuzatilishi mumkinligi prognoz qilindi

    16.06.2024, 23:28

    O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tarilishi kutilmoqda

    24.06.2024, 13:59

    O‘zbekistonda harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

    26.06.2024, 10:45

    O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 39 darajagacha isiydi

    29.06.2024, 14:00

    O‘zbekistonda havo qachon salqinlashishi ma’lum qilindi

    30.06.2024, 09:26

    2024 yil iyul oyi davomida qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    01.07.2024, 21:40

    O‘zbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    06.07.2024, 11:38

    O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarildi 

    26.07.2024, 15:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.