Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shrabot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mansabdorlari 1,2 mlrd so‘mdan ziyod pulni talon-toroj qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat bo‘yicha 2024-yilning 20-may sanasidagi Kattaqo‘rg‘on tuman sudining qaroriga asosan, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bir qator mansabdor shaxslari Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, aybdor deb topilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, aybdor deb topilgan shaxslar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Izoh (0)