• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Ob-havo

    O‘zbekistonda anomal issiq qachon kuzatilishi mumkinligi prognoz qilindi

    O‘zbekistonda joriy yilning iyul va avgust oyi boshlarida g‘ayritabiiy (anomal) issiqlik davrlari kuzatilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti prognozida maʼlumot berilgan.

    Foto: Google Images

    Institut ob-havo prognozlarini tuzishda respublika hududlarini to‘rt zonaga ajratgan.

    G‘arbiy zona sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari belgilangan.

    Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Samarqand, Jizzax viloyatlari markaziy zona,

    Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari janubiy zona, Farg‘ona vodiysi viloyatlari esa sharqiy zona deb olingan.

    Qayd etilishicha, respublikaning g‘arbiy qismi va cho‘llarda yozgi mavsumda havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha qiymatdan 1–1,25 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda mavsumiy havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlardan biroz yuqori (0,75–1 daraja) bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

    “Iyul va avgust oyining boshlarida g‘ayritabiiy (anomal) issiqlik davrlari kuzatilishi, baʼzi kunlarda harorat uzoq muddatli o‘rtacha qiymatlardan sezilarli darajada ko‘tarilishi mumkin. Ehtimol bu vaziyat mintaqada vujudga keluvchi termik depressiya jarayoni taʼsiri bilan uzviy bog‘liq. Sharqiy zona (Farg‘ona vodiysi), Toshkent viloyati tog‘li hududlari hamda Surxondaryo viloyatida butun yoz davomida havo harorati ko‘p yillik iqlimiy meʼyor ko‘rsatkichlariga yaqin bo‘lishi mumkin”, — deya maʼlum qilgan manba.
    Infografika: Gidrometeorologiya ilmiy–tadqiqot instituti

    Termik depressiya yozgi sinoptik jarayon bo‘lib, Markaziy Osiyoning janubi-sharqida past bosimli hududning paydo bo‘lishi, quruq-jazirama issiq ob-havo bilan tavsiflanadi. Bu davrda Markaziy Osiyo tekislik hududlarida havo harorati 44–46 darajagacha, baʼzi hollarda +48 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin. Termik depressiyaning davomiyligi 2–3 sutkadan 5–7 sutkagacha, baʼzi yillarda esa 1,5–2 haftagacha davom etishi kutiladi.

    “So‘nggi paytlarda mazkur sinoptik jarayon kuzatilgan davrda mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda energetik tizimda kuchli zo‘riqishlar kuzatilmoqda”, — deya taʼkidlanadi tahlilda.

    Institut olimlari tahliliga ko‘ra, joriy yoz davomida mintaqaning katta qismida yog‘ingarchilik miqdori ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarga yaqin bo‘lishi (90 foiz – 110 foiz) prognoz qilinmoqda. Faqatgina, Farg‘ona viloyati janubi tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yog‘ingarchilik bilan bog‘liq ijobiy vaziyat (110 foiz – 130 foiz) bo‘lishi kutilmoqda.

    Infografika: Gidrometeorologiya ilmiy–tadqiqot instituti
    “Aksariyat jahon prognostik iqlim markazlarining prognoz modellariga ko‘ra, 2024-yilning yoz mavsumida Markaziy Osiyoning janubida (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati) harorat va yog‘ingarchilikda eng muhim ijobiy anomaliyalar, hatto yuqori namgarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu hozirgi mavsumda janubiy regionlarda ham kuchli jala yog‘inlar hamda sel–suv toshqin xavflari saqlanishini anglatadi. Farg‘ona vodiy viloyatlari tog‘ va tog‘ oldi hududlarida qisqa muddatli mavsumiy yog‘ingarchiliklar ortidan sel–suv toshqin xavflari saqlanadi”, — deyiladi Gidrometeorologiya ilmiy–tadqiqot instituti prognozida.

    Maʼlum qilinishicha, hozirda kelgusi mavsum va oylar uchun tuziladigan ob–havo maʼlumotlarini tayyorlashning yuqori aniqlikdagi ishonchli usullari yo‘qligi sabab, ularning aniqligi yozgi mavsum uchun harorat bo‘yicha 83–88 foizni, yog‘ingarchilik bo‘yicha 65–70 foizni tashkil etadi.

    • Avvalroq iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov hozir insoniyat 125 ming yillik tarixidagi eng issiq davrni boshdan o‘tkazayotganini aytgandi.
    • Olim mavzuni tahlil qilib, O‘zbekistonda 2030-yilga borib havo harorati doimgidan 2–2,5 daraja,
    • 2040-yillarda 4 daraja,
    • 2080-yillarda 6 darajagacha ko‘tarilishi mumkinligini ta’kidlagan.

    16.06.2024, 23:28   Izoh (0)   142148
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonliklar chillaga qanday tayyorgarlik ko‘rishmoqda

    05.06.2024, 18:00

    SSV yozda salomatlikni saqlash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    09.06.2024, 13:10

    “Havo harorati eng issiq davrga kirib boryapmiz” — iqlimshunos O‘zbekiston va dunyodagi iqlim o‘zgarishi haqida   

    14.06.2024, 16:54

    “Amudaryoni og‘ir qismat kutyapti” — iqlimshunos O‘zbekistonda suv bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani haqida

    15.06.2024, 22:15

    O‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha issiq ob-havo bo‘ladi

    19.06.2024, 12:55

    O‘zbekistonda harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

    26.06.2024, 10:45

    “27-iyunda O‘zbekiston aholisi mavsum uchun eng issiq harorat to‘lqini bilan to‘qnashadi” — iqlimshunos

    26.06.2024, 20:10

    O‘zbekistonda jazirama issiq sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

    27.06.2024, 15:52

    2024 yil iyul oyi davomida qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    01.07.2024, 21:40
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 25 may, 20:49

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10

    O‘zbekiston va Vengriya vagonsozlik sohasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 25 may, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.