“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi hamda “EMMM” DUKning xodimlari tomonidan iyun oyida Toshkent shahrida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zkomnazorat” axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirlarda 5 nafar fuqaroda jami 40 ta ratsiyadan tegishli ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Ushbu huquqbuzarlik sabablari inspeksiya Toshkent shahar hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, fuqarolarga nisbatan MJtKning 152-moddasi (radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish) 1-qismiga asosan jazo chorasi qo‘llanildi.
Izoh (0)