Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux birgalikda Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/06/24/2024-06-24 20.07.56-HW1lPMpf.jpg)
Ushbu zamonaviy innovatsion majmua davlat rahbari tashabbusi bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida barpo etilgan.
![](/static/2024/06/24/2024-06-24 20.07.59---gnOLJK.jpg)
Bugungi kunda bu yerda 365 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar evaziga 16 ta ishlab chiqarish maydoni joylashgan.
![](/static/2024/06/24/2024-06-24 20.08.01-AaAsvQ75.jpg)
Mo‘g‘uliston prezidentiga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, shu jumladan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, liftlar, suv nasoslari, sanoat konditsionerlari, sovitish uskunalari va boshqalar namoyish etildi.
![](/static/2024/06/24/2024-06-24 20.08.03-IG6Jr8km.jpg)
Taʼkidlash joizki, yetakchi xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilayotgan bu tovarlar ichki va tashqi bozorlarda katta talabga ega.
![](/static/2024/06/24/2024-06-24 20.08.05-UrcygB5C.jpg)
Prezidentlar ikki mamlakat yetakchi korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan o‘zaro almashish muhimligini taʼkidladi.
![](/static/2024/06/24/2024-06-24 20.08.10-2A7zSWYk.jpg)
Izoh (0)