FVV qutqaruvchilari Chirchiq daryosida oqib kelayotgan fuqaro hayotini saqlab qoldi.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda xushsiz holda oqib kelayotganini ko‘rgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan qutqarish ishlarini olib borib, ushbu fuqaroni suvdan olib chiqqan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro baliq tutish maqsadida daryoga borganda oyoq kiyimi suvga tushib ketgan va uni olaman deb tushgan vaqtda daryo suvi tez oqayotgani sababli muvozanatni yo‘qotib, o‘zi ham oqib ketgan.
Izoh (0)