Ulug‘bek Xabiljonov Angren shahar prokurori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurori lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Chilonzor tumani prokurori lavozimida 2022-yilning avgustidan buyon Jahongir Murodov ishlab kelayotgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Jahongir Murodov prezident Administratsiyasiga ishga o‘tishi munosabati bilan Chilonzor tumani prokurori lavozimidan ozod etilgan.
Izoh (0)