Shveysariyada Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha konferensiyaning yakuniy deklaratsiyasini 101 delegatsiyadan 84 tasi qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda “Neue Zrcher Zeitung” gazetasi.
Deklaratsiyani imzolashdan bosh tortganlar orasida Armaniston, Slovakiya, Janubiy Afrika, Hindiston, Vatikan kabi davlatlar bor.
Shartnomani Germaniya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Argentina, Qatar, Moldova kabi mamlakatlar imzolagan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, Yevropa Parlamenti va Yevropa Komissiyasi imzolagan tashkilotlar qatoriga kiradi.
Yakuniy deklaratsiyaning aniq mazmuni oshkor etilmagan. Reuters avvalroq kommyunikeda Zaporojye atom elektr stansiyasining ishlashi, yadro qurolidan foydalanish, Qora va Azov dengizlaridagi dengiz portlariga kirish, shuningdek, asirlarni ozod qilish kabi bir qancha masalalar bo‘yicha mamlakatlar pozitsiyalari taqdim etilishi haqida xabar bergandi.
Shveysariyaning Burgenshtok shahridagi sammit 15-16-iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab sammitga 160 mamlakat va tashkilot taklif qilingan edi. Xitoy, Braziliya va Saudiya Arabistoni va boshqalar ishtirok etishdan bosh tortdilar. Rossiya sammitga taklif qilinmadi.
Izoh (0)