Isroil Mudofaa Kuchlari gumanitar maqsadlarda G'azo sektorining janubida har kuni soat 08:00 dan 19:00 gacha jangovar operatsiyalarda taktik pauza qilishini aytdi.
Bu haqda Isroil harbiylari bayonotida aytiladi.
![](/static/2024/06/16/isr-T_DYLRjA.jpg)
"Isroil mudofaa kuchlari va Isroil hukumatining Falastin hududlaridagi faoliyatini G'azo sektoriga muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan yuborilayotgan insonparvarlik yordami hajmini oshirish bo'yicha davom etayotgan sa'y-harakatlar doirasida hamda BMT va xalqaro tashkilotlar bilan qo'shimcha muhokamalar natijasida bu pauza joriy etildi. Har kuni soat 08:00 dan 19:00 gacha insonparvarlik maqsadlarida keyingi ogohlantirishgacha jangovar harakatlar to‘xtatib turiladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, pauza "Kerem Shalom" nazorat-o‘tkazish punktidan Saloh ad-Din avtomagistraligacha va undan shimoliy yo‘nalishda amal qiladi.
Izoh (0)