Qozog‘istonda 2024-yil boshidan buyon bitta teraktning oldi olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotiga tayanib, “Zakon.kz” xabar berdi.
Oldi olingan terrorchilik harakati bilan bir qatorda, yil boshidan buyon terrorchilik va ekstremistik faoliyat uchun 26 nafar shaxs sudlangan. Bundan tashqari, ekstremizm va terrorizmga aloqador 151 nafar xorijlik mamlakatga kiritilmagan, 19 nafar chet el fuqarosi taqiqlangan diniy adabiyotlarni respublikaga olib kirish bilan bog‘liq faoliyati uchun javobgarlikka tortilgan.
Ta’kidlanishicha, 356 ta terrorizmga qarshi o‘quv tadbirlari olib borilgan. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda terrorizmga moyil obyektlar, jumladan, odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarda uch mingdan ortiq tekshiruv o‘tkazilgan.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev barcha davlatlarni terrorizmga qarshi kurashda birlashishga chaqirgandi. Qozog‘iston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ostona birinchilardan bo‘lib Crocus City Hall’dagi teraktni qoralagan va Moskva bilan birdamlik bildirgan.
Izoh (0)