Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 6,21 so‘mga pastlab, 12 614,80 so‘m bo‘ldi. Yevro 55,14 so‘mga oshib, 13 626,51 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,78 so‘mga ko‘tarilib, 143,33 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 621,01 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)