Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 22,96 so‘mga ko‘tarilib, 12 621,01 so‘m bo‘ldi. Yevro 27,21 so‘mga oshib, 13 571,37 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,12 so‘mga ko‘tarilib, 141,55 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun pastlab, 12 598,05 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Izoh (0)