• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSH biqinida Rossiya kuchlari. Dunyo yangi Karib inqirozi yoqasidami?

    Rossiya hukumati harbiy-dengiz va yadroviy suvosti kemalarini Kubaga yubordi. Bugun Rossiyaning “Gorshkov” fregati, “Qozon” atom suvosti kemasi, “Pashin” flot neft tankeri va “Nikolay Chiker” qutqaruvchisi Gavana portiga kirib keldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya kemalari 17-iyunga qadar Gavana portida bo‘ladi. Rejalashtirilgan mashg‘ulotlar AQSH tomonidan Ukrainaning qo‘llab-quvvatlanishi kuchayib borayotganiga Rossiyaning keng ko‘lamli javobining bir qismi sifatida e’tirof etilmoqda.

    Dunyo yangi Karib inqirozi yoqasidami? “Daryo” ushbu mavzuda siyosatshunoslar Oybek Sirojov va Zokir Usmonovlar bilan suhbatlashdi.

    — O‘tgan haftada AQSH prezidenti Jo Bayden Zelenskiy bilan Parijda uchrashuv o‘tkazdi. Unda Amerika Ukraina uchun 225 million dollarlik harbiy yordam paketini eʼlon qildi. Bundan oldin esa AQSH qurollari orqali Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish masalasi ko‘tarilayotgan edi. Rossiyaning bu shaxmat donasini surishi AQSHga javob tariqasida amalga oshirildi, deya olamizmi?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Rossiya eskolatsiya jarayonini yana bir pog‘onaga ko‘tarishiga AQSH prezidenti Jo Baydenning Parij shahrida Ukraina prezidenti bilan uchrashuvi asosiy sabab bo‘ldi, deyish unchalik to‘g‘ri emas. Bu yerda bir qancha nuqtalar mavjud. Birinchi nutqa — Yevropa davlatlari tomonidan Ukrainaga ularning qurollaridan foydalangan holda Rossiya ichkarisidagi nishonlarga zarba berishga ruxsat berilishi. Ikkinchi nuqta — NATO Boltiqbo‘yida katta harbiy dengiz mashg‘ulotlarini boshladi. Ushbu omillar o‘z navbatida Rossiya uchun o‘ziga xos chaqiruv hisoblanadi. Rossiya esa bunga javob tariqasida harbiy dengiz kuchlarini Gavana portlariga yuborib, endi sizlarda ham tinchlik bo‘lmaydi, degan ma’noda ish tutmoqda.

    Hozir AQSH kuchlari ushbu mashg‘ulotlarni diqqat bilan kuzatib borishini ta’kidladi. Bir so‘z bilan aytganda, eskolatsiya jarayoni yana bir pog‘onaga ko‘tarildi. Lekin eskolatsiya jarayoni cheksiz emas, ma’lum bosqichga borgach, uni to‘xtatib bo‘lmay qoladi. Hozir AQSH ham, Rossiya ham bundan hayiqib turibdi.

    Zokir Usmonov, siyosiy tahlilchi;

    — Bu yerda Ukraina urushida frontda yangiliklarning yo‘qligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning ustiga Rossiyaning harbiy resurslari cheklanib bormoqda. Ukraina Rossiyaning Qora dengiz harbiy flotini deyarli yo‘q qilib bo‘ldi. Rossiya qo‘lida aytarli ta’sir qila oladigan instrument qolmadi.

    — Oldinroq AQSH Ukrainaga Amerika qurollari orqali Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish masalasi ko‘tarilayotgan edi. Lekin AQSH rasmiylari bu borada bir gapni aytmadi. AQSH yon bergan bo‘lishi mumkinmi?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — AQSH rasmiylari faqat Rossiyaning Belgorod shahriga zarba berishga ruxsat berdi. Lekin Rossiyaning ichkari hududlariga zarba berishga ruxsat berilmadi. Hatto ba’zi Amerika rasmiylari bunga ruxsat berib bo‘lmasligini ta’kidladi. Chunki bu eskolatsiya jarayonini yana oshiradi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    Hozir Rossiya yadro qurolidan foydalanadimi yoki yo‘q, degan masala ko‘tarilmoqda. Bu juda bahsli va halokatli masala hisoblanadi. Yadro urushida g‘olib bo‘lmaydi. Buni Rossiya tomoni ham, AQSH tomoni ham yaxshi tushunib turibdi. Shuning uchun muammoni yadro urushigacha olib chiqmaslik masalasi kun tartibida bo‘ladi.

    Zokir Usmonov, siyosiy tahlilchi;

    — Bu yurish orqali muayyan sharoitlarni tekshirib olishni ko‘zlagan bo‘lishi mumkin. Rossiya qarama-qarshilik darajasi qayergacha borishni sinab olmoqda.

    — Bunday vaziyatda qaysi tomon birinchi bo‘lib yon beradi deb o‘ylaysizlar?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Hozir eskolatsiya jarayoni bilan birgalikda tinchlik bo‘yicha ma’lum kelishuvlar yuz bermoqda. Yaqinda Sheysariyada katta tinchlik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Mana shunday tinchlik borasida kelishuvlarda, albatta, qaysidir tomon yon berishga majbur bo‘ladi.

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    — Qaysi tomon yon berishi mumkin?

    — Ayni vaqtda Rossiya ham, G‘arb ham yon berishga tayyor emas. Bu yerda yon beruvchi tomon Ukraina va Rossiya bo‘lsa, asosiy masala — Ukrainadagi urushni to‘xtatish. Agar Rossiya bu masalada yon bersa, unga ma’lum bir majburiyatlar yuklatiladi. Bu majburiyalar, masalan, yadro qurolidan foydalanmaslik, o‘zga hududlarni anneksiya qilmaslik bo‘lishi mumkin. Yoki buning aksi bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, G‘arb birinchi navbatda o‘ziga NATOni Sharqqa tomon kengaytirmaslik majburiyatini oladi.

    Mening nazarimda, hozir eskolatsiyaning eng yuqori nuqtasiga chiqildi. Endi buyog‘iga yo yadro halokati yoki tinchlik.

    Zokir Usmonov, siyosiy tahlilchi;

    — Hali eshiklar yopilgani yo‘q. Shveysariyadagi tinchlik muzokaralari ham tinchlik tomonga, ham yadro urishi tomonga eshik. Yo uni tanlash kerak yoki buni. Rossiya o‘z harbiy dengiz kuchlarini Gavana portlariga yuborish sababi — unda boshqa “kozir qarta” qolmadi. Ukrainadan yo oldinga o‘tishi kerak yoki bosib olgan hududlarini tashlab chiqib ketishi kerak.

    Zokir Usmonov, siyosiy tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Rossiya o‘z harbiy dengiz kuchlarini Kubaga yuborishidan yana bir maqsad — Amerika jamiyatiga o‘ziga xos bosim o‘tkazish. Ya’ni urushni insonlar tanasida his qildirish. Chunki ayni vaqtda Rossiya Ukrainani butunlay egallay olmadi, o‘z navbatida, G‘arb ham Rossiyani butunlay tiz cho‘ktira olmaydi. Bunday pallada jamiyatning siyosiy elitaga bosim o‘tkazishi ko‘proq samara beradi. Chunki Amerika fuqarolari Ukrainadagi urushni his qilmayotgan bo‘lishi mumkin. Endi Kubada o‘tkazilayotgan harbiy mashg‘ulotlar ularni o‘ylantirib qo‘yadi va ular prezidentlik saylovida hukumatga o‘ziga hos bosim o‘tazib ko‘radi.

    — Rossiya prezidenti Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Jahon axborot agentliklari vakillari bilan uchrashdi. Putin jurnalistlar bilan suhbat davomida Sovet Ittifoqi qayta tiklanmasligini ma’lum qildi. Lekin bundan oldin rus propagandachilari SSSRni tiklash borasida jar solishayotgan edi. Masalan, Putinning o‘zi ham XX asrning eng yirik fojeasi sifatida SSSRning parchalanishini ko‘rar edi. Nima uchun Putinning bu boradagi yondashuvlari o‘zgarib qoldi?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Bugungi kunda Rossiya oldida turgan eng muhim masala — Sovet Ittifoqini qayta tiklash emas, balki Rossiyaning yaxlitligini saqlab qolish hisoblanadi.

    — Demak, SSSRni qayta tiklash rejalari bo‘lgan?

    — Albatta, Rossiya Ukrainada harbiy harakatlarni amalga oshirishdan oldin bunday reja bo‘lgan. Masalan, Sovet Ittifoqi paydo bo‘lish tarixini olaylik. 3 ta slavyan mamlakat — Rossiya, Belarus va Ukraina birlashib, SSSR tashkil etilgan. Amerikalik siyosatshunos olim Zbegnev Brejenskiyning yondashuviga ko‘ra, Ukraina geosiyosiy nuqtayi nazardan muhim hudud. Shu nuqtayi nazardan Putinda Ukrainani egallash orqali SSSRga o‘xshash formatda ittifoqni qurish orzusi bo‘lgan. Biroq bugun Putin bu orzularini amalga oshirib bo‘lmasligi anglab yetdi. Bunga bir qancha omillar sabab bo‘ldi. Birinchisi – Ukrainani uch kun ichida taslim qila olmagani. Ikkinchisi – G‘arb tomoni har qanday sharoitda Ukrainani Rossiya qo‘liga berib qo‘ymaslikni aytdi.

    Menimcha, bugun Rossiya bosib olgan hududlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olish orqali muzokara stoliga o‘tirmoqchi. Shuning uchun Putin oldida turgan asosiy masala – SSSRni qayta tiklash emas, balki Rossiyani saqlab qolish.

    Zokir Usmonov, siyosiy tahlilchi;

    — Aslida Sovet Ittifoqini qayta tiklash rejasi 1990-yillarda Aleksandr Soljenestin o‘zining “Rossiyani qanday qilib qurishimiz kerak?” deb nomlangan asarida, u Rossiyani imperiya sifatida tiklash uchun Ukraina, Belarus va Qozog‘istonni egallash kerakligini yozadi. 2000-yillarda bu g‘oya kuchayib ketdi.

    Rossiyadek davlatga ishonib bo‘lmaydi. Putin Ukraina urushi boshlanishdan oldin ham bostirib kirmaslik haqida va’da bergan edi. Agar Sovet Ittifoqi qayta tiklansa, bu davlat aholisining yarmi musulmonlar bo‘ladi. Agar bunday bo‘lsa, mazmun yo‘qoladi. Bu narsani Putinning o‘zi ham tilga olib o‘tdi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Katta imperiyani shakilantirish uchun juda katta resurs kerak. Hop, SSSR qayta tiklandi ham deylik, lekin uni ushlab qolish masalasi ham bor. Bundan tashqari, bunga yirik geosiyosiy o‘yinchilar rozi bo‘lmaydi. Barcha narsani amalga oshrishda xohish emas, balki resurs hisoblanadi.

    Suhbatni to'liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    13.06.2024, 19:25   Izoh (0)   22253
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Medvedev Ukrainani o‘z ichiga olgan Rossiya xaritasini namoyish qildi (video)

    12.06.2024, 16:10

    Rossiyaning harbiy va yadroviy suvosti kemalari Kubaga keldi (video)

    13.06.2024, 11:14

    Argentina Milliy Kongressi oldida hukumatga qarshi namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi

    13.06.2024, 17:35

    Medvedev G‘arbdagi hayotni “butunlay dahshatga aylantirishga” chaqirdi 

    13.06.2024, 19:10

    YI muhojirlar siyosati uchun Vengriyani 200 mln yevro jarimaga tortdi  

    13.06.2024, 18:35

    Rossiya Krivoy Rog shahriga bergan zarbalar oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi yaralandi

    13.06.2024, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.