Rossiyaning bir guruh harbiy kemalari, jumladan, “Qozon” yadroviy suvosti kemasi “Atlantika okeanida yuqori aniqlikdagi raketa qurollarini qo‘llash” bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan Kubaga yetib keldi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Kemalar Florida qirg‘oqlaridan bir necha o‘nlab kilometr uzoqlikda harakatlangan.
Shimoliy flotning turli taktik kemalar zarba guruhi, jumladan, ko‘p maqsadli “Qozon” yadroviy raketa kreyseri va “Sovet Ittifoqi flotining admirali Gorshkov” fregati uzoqqa suzish doirasida Atlantika okeanida yuqori aniqlikdagi raketa qurollarini qo‘llash bo‘yicha mashg‘ulotlarga kirishdi, — deyiladi Rosssiya Mudofaa vazirligi xabarda.
Izoh (0)