Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainani o‘z ichiga olgan Rossiya xaritasini namoyish qildi. Tegishli xaritani u o‘zining Telegram kanaliga joyladi.

Medvedev Rossiya kuni munosabati bilan davlat madhiyasi yangrayotgan, hududlarni asta-sekin Rossiya bayrog‘i qamrab olayotgan videoxaritani e’lon qildi. Rossiya bayrog‘i sharqdan boshlanib, g‘arbiy chegaralarni, shu jumladan, Ukrainaning butun hududini ham qamrab olgan.
Mart oyida Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari “Ukraina — Rossiya” tushunchasini to‘g‘ri deb atagandi. Shunindek, Medvedev Ukrainaning Rossiya va yana uch davlat tomonidan bo‘linishi xaritasini ko‘rsatgandi. Xaritada Vinnitsa viloyati Ruminiyaning bir qismiga, Ujgorod Vengriyaga, Lvov Polshaga, Ivano-Frankivsk, Jitomir va qolgan hududlar esa Rossiyaga qo‘shilishi aks etgandi.
Izoh (0)