“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining sud-ekspertlik faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023-yil 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.
Adliya vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.
- 2023-yilning yanvarida “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan edi.
- Fevral oyida esa O‘zbekiston Pokiston bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi.
- May oxirlarida bo‘lsa O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida xalqaro bayonnomani tasdiqlashga oid prezident qarori qabul qilingan edi.
Izoh (0)