Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida kechga tomon mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Haftaning birinchi yarmida havo biroz issiq bo‘ladi, kunduz kunlari harorat 36-39 daraja atrofida, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda 40-41 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Bunday harorat iyun oyi iqlimiy me’yoridan 1-2 darajaga yuqoridir.
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati kunduz kunlari 32-35 darajagacha, janubda 36-39 darajagacha biroz pasayishi kutilmoqda.
Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 10—12-iyunda 35-38 daraja, 13—14-iyunda 32-35 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)