• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Stalinning ashaddiy dushmani — Meksikada muzo‘yar bolta yordamida o‘ldirilgan Trotskiy taqdiri

    NKVD agenti Ramon Merkades xalqaro antistalin muxolifati yetakchisi Lev Trotskiyga muzo‘yar bolta bilan og‘ir jarohat yetkazadi. Keksa inqilobchi hushini yo‘qotmasidan oldin soqchilariga hujum qilgan erkakni o‘ldirmaslikni va uni kim yuborganini aniqlashni buyuradi. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, Trotskiy ertasi kuni tongda vafot etadi. Oradan 20 yil o‘tib, 8-iyun kuni esa Merkader Kremlda Lev Trotskiyni o‘ldirgan Sovet Ittifoqi Qahramoni yulduzi bilan taqdirlanadi.

    “Qizil armiya” askarlari qarshisida chiqish qilayotgan Lev Trotskiy
    Foto: Wikimedia Commons

    Nima uchun Trotskiy hokimiyat uchun kurashda Stalinga mag‘lub bo‘ldi?

    Fuqarolik urushi vaqtida Sovet Rossiyasida Vladimir Lenindan boshqa Lev Trotskiy kabi ta’sir doiraga ega inson yo‘q edi. Harbiy ishlar bo‘yicha xalq komissari va Inqilobiy harbiy kengash raisi lavozimlarida o‘tirgan Trotskiy eng qaltis vaziyatlarda ham shaxsan o‘zi frontga borib, ishni “qizillar” foydasiga hal etib kelardi. 1918-yil sentyabrda Qozonning olinishi, 1919-yil oktyabrda Petrogradning muvaffaqiyatli mudofaasi uning xizmatlari hisoblanadi.

    Tinchlik boshlanishi bilan bolsheviklar partiyasi harbiy yetakchisining obro‘si sekin-asta kamaya boshladi. Siyosat borasida esa ziddiyatli Trotskiy o‘ziga teng maqomga ega shaxslar orasida ittifoqchi topa olmadi. 1920-yillarning birinchi yarmida uning tarafdorlari yetarlicha edi, ammo yuqori doiralarda emas. Barcha talablarga javob beradiganlar esa g‘ayrioddiy sabablarga ko‘ra vafot etardi.

    Trotskiy 1924-yil yanvarda Abxaziyada dam olayotgani bois Leninning vafoti vaqtida yonida bo‘la olmaydi. U yangilangan rahbariyat rollari muhokama qilingan dafn marosimiga ham yetib kela olmagan — va bu uning pozitsiyasiga qaratilgan birinchi kuchli zarbaga aylandi. Iosif Stalin hokimiyat tepasiga ko‘tarilgan sari uning Volgograd mudofaasidan beri davom etayotgan Trotskiyga qarshi dushmanligi kengayib borardi. Partiya bosh kotibi harbiy ishlar bo‘yicha xalq komissariga qarshi Petrograd hamda Moskva ishchilar va askarlar deputatlari kengashi raislari bilan do‘stlashishga kirishadi. Qarama-qarshi bloklardagi odamlarning kombinatsiyasi bir necha bor o‘zgaradi va natijada Trotskiy barcha lavozimlaridan mahrum etilishi hamda SSSRdan quvg‘in qilinishi bilan yakunlanadi.

    Lev Trotskiy itlari bilan, 1935-yil 
    Foto: “TASS”

    Trotskiy 1920-yillar oxirida, hali o‘z tarafdorlarining aksariyati tirik bo‘lgan vaqtda Stalin uni otib tashlash yoki zaharlash kabi jismoniy yo‘q qilishiga jur’at qila olmaydi deb hisoblardi. Keyinroq SSSR yetakchisi Trotskiyning surgunini, muxolifning so‘zlariga ko‘ra, “eng katta xato” deb ataydi. Stalin boshqa davlatda izolyatsiyada qolgan, moddiy mablag‘lari va yordamchilari bo‘lmagan Trotskiy o‘zi uchun xavfi tug‘dirmasligiga ishonardi. Ammo u nafaqat taslim bo‘lmadi, balki xorijda ham yangi tarafdorlarini to‘plashga erishdi.

    Trotskiyning Stalin obro‘si va u yaratgan rejimga qarshi xorijdagi chiqishlaridan keyin bosh kotib uzoq yillik raqibini yo‘qotish haqida o‘ylay boshlaydi. Bunday imkoniyat esa darhol paydo bo‘lavermaydi. Ikkinchi jahon urushi esa yaxshi bahonaga aylandi — uning ortiga ko‘plab jinoyatlarni yashirish mumkin edi. Shunday qilib, 1940-yil 6-avgust kuni ichki ishlar xalq komissari Lavrentiy Beriyaning buyrug‘i bilan chekistlar mashhur genetik olim Nikolay Vavilovni hibsga oladi. Olim butun dunyoga mashhur shaxs bo‘lgani sabab 5 yil davomida hech kim unga teginmay kelayotgandi.

    SSSRdan surgun va birinchi suiqasd

    Majburiy emigratsiya sabab Trotskiy hamda uning rafiqasi Natalya Sedova butun dunyo bo‘ylab sargardonlikda kun kechira boshlaydi. Ular dastlab Turkiyaga boradi, keyin esa Fransiyaga, u yerdan Norvegiyaga joylashadi. SSSR bosimi sabab er-xotin Meksikaga yo‘l oladi. Meksikada esa ular so‘l qarashlarga ega rassom Diego Rivyera va uning rafiqasi Frida Kaloning villasiga joylashadi. Trotskiy bu ayol bilan yaqin munosabatda bo‘ladi, ammo Sedovaning hech narsadan xabari bo‘lmagan.

    Lev Trotskiy va uning rafiqasi Natalya Sedova
    Foto: Global Look Press

    Meksika hukumati Trotskiy va Sedovaga Koyoakandan uy beradi. Bu vaqtga kelib “Qizil armiya” asoschisining farzandlarining birortasi tirik emasdi: birinchi rafiqasi Aleksandra Sokolovskiydan tug‘ilgan qizi Nina 1928-yilda sildan vafot etadi, uning singlisi Zinaida esa 1933-yilda o‘z joniga qasd qiladi. SSSRda qolgan va siyosatga umuman aralashmagan muhandis olim Sergey Sedov 1937-yilda otib tashlanadi, uning akasi va Trotskiyning asosiy sherigi Lev Sedov 1938-yili Parijda ko‘richakni oldirish operatsiyasida g‘ayrioddiy holatda vafot etadi. Ota uning o‘limini Stalin agentlarining ishi deya hisoblardi. Bu voqealar Trotskiyni harakat qilishga undaydi: shu yilning sentyabrida Parijda uning tarafdorlari maqsadi jahon inqilobi bo‘lgan To‘rtinchi internatsional tashkilotini tuzadi.

    Trotskiyni o‘ldirish bo‘yicha “O‘rdak” nomini olgan operatsiyaga NKVD xodimlari Pavel Sudoplatov va Naum Eytingon rahbarlik qiladi. Masalani hal etish uchun bir-biridan bexabar ikki guruh yuboriladi.

    O‘limiga qadar Trotskiy Koyoakanda Stalin tarafdori bo‘lgan Xose Sikeyros boshchiligidagi Ispaniya fuqarolar urushi faxriylarining suiqasdidan omon qolgandi. Terrorchilarning tunda uyga uyushtirgan hujumi muvaffaqiyatli kechmaydi: bunday operatsiyalarda tajribasiz bo‘lgan ispanlar yotoqxonani o‘qqa tutadi, biroq u yerdagilar o‘lgan-o‘lmaganini ko‘zdan kechirmaydi. Kutilmagan hujumga qaramay, er-xotin nabirasi Vdevolod (Esteban) Volkov bilan karavot ostiga yashirinishga ulguradi va omon qoladi.

    Hujum oqibatida Trotskiyning NKVD tomonidan og‘dirib olingan soqchilaridan biri vafot etadi. Versiyalardan biriga ko‘ra, u terrorchilarni o‘z boshlig‘i joylashgan xonalardan uzoqroqqa olib ketishga uringan.

    Hujumdan keyin Meksika politsiyasi Trotskiy uyini qo‘riqlashni kuchaytiradi. Ammo bunday harakatlar uning o‘limini uch oyga kechiktiradi, xolos. Huquq-tartibot idoralari ikkinchi guruh ham suiqasdga tayyorgarlik ko‘rayotganidan bexabar edi. Chekistlar Stalinning faol tarafdori bo‘lgan ispaniyalik kommunist Mariya Karidad Merkaderning o‘g‘lini Trotskiyni o‘ldirishga tayyorlay boshlaydi. Ramon Merkader inqilobchiga kanadalik biznesmen Frenk Jekson nomi ostida yaqinlashtiriladi. Uning ishonchini qozonish uchun Merkader Trotskiy kotibiyatidagi xodimlardan biri — Silviya Ageloff bilan yaqin munosabatlar o‘rnatishga majbur bo‘ladi.

    Bu inson stalinizm fanati, Ispaniyadagi fuqarolik urushi ishtirokchisi edi. U jahldor ispan bo‘lgan. Merkader onasiga o‘ta sadoqatli edi — ayol tom ma’noda uni boshqarardi. Karidada Merkader NKVD agenti Naum Eytingon bilan qalin munosabatda bo‘lgan. Ular Ramonga Trotskiyga qarshi nafratni singdirishga erishadi, — deydi inqilobchining nabirasi Volkov.

    Suiqasd uyushtiriladigan paytda Trotskiy Stalin biografiyasi ustida ish olib borayotgandi. Uning o‘zi Vladimir Lenin haqida kitob yozmoqchi edi, ammo u SSSRning amaldagi rahbarining faoliyati to‘g‘risida yozish bo‘yicha buyurtma oladi — emigrant moliyaviy qiyinchiliklarni kechirayotgani bois yaxshi qalam haqi evaziga rozi bo‘ladi. Volkovning fikricha, SSSRdagilar kitobning chiqishidan qo‘rqqan. Shu sababdan Lubyankada antistalin muxolifati yetakchisini tezroq yo‘qotishga qaror qabul qilinadi.

    Muzo‘yar bolta bilan uyushtirilgan hujum: guvohlar ko‘rsatmasi

    Bu vaqtga kelib Merkader Trotskiyga yoqib qolgan, unga ancha yaqinlashgandi. Mehmon tez-tez tashrif buyura boshlaydi. Sedova o‘z memuarlarida qayd etganidek, suiqasddan bir necha kun oldin u o‘z harakatlarida shubha uyg‘ota boshlaydi. Trotskiy hatto “Jekson”ning villa hududiga kelishini cheklash, shuningdek, bu odamga nisbatan “kichik surishtiruv” o‘tkazishni so‘raydi.

    Foto: “TASS”

    Avgust o‘rtalarida Merkader To‘rtinchi internatsional himoyasiga bag‘ishlangan qo‘lyozmalarini olib kelib, Trotskiydan unga baho berishini so‘raydi. Trotskiy ushbu tashabbusga shubha bilan qaraydi, ammo 1940-yil 20-avgust kuni maqolani muhokama qilish uchun uchrashish taklifini beradi.

    Shu kuni soat 17:30 da Merkader o‘zi bilan alpinistlarning muzo‘yar boltasi, shuningdek, to‘pponcha va xanjar olib keladi. Onasi va Eytingon qotilni kelishilgan joyda kuta boshlaydi.

    Uydagilar Ramonning shunday issiq havoda plashda kelganiga hayron qoldiradi, biroq bu hech kimda shuhba uyg‘otmaydi. Ramon o‘zini yomon his qilayotganini aytadi. Natalya Ivanovna unga bir stakan issiq choy taklif qiladi. Merkader avvaliga ishni yakunlashi kerakligini bildirib, choydan bosh tortadi va bir stakan sovuq suv ichadi. Sedova gap maqola muhokamasi haqida ketyapti deb o‘ylaydi. Ramon esa mutlaqo boshqa narsani nazarda tutgan edi, — deyiladi “Lev Trotskiy. №1 dushman. 1929-1940” kitobida.

    Bir-biri bilan salomlashgan uy egasi va mehmon Trotskiyning ishchi xonasiga yo‘l oladi. Trotskiy matnni o‘rganish uchun stolga o‘tirganida NKVD agenti plashi ostiga yashiringan muzo‘yar boltani oladi va bor kuchi bilan 60 yoshli inqilobchining boshiga uradi. Zarba oqibatida alpinistlar qurolining 7 santimetr uchi Trotskiyning gardaniga kiradi, biroq shunga qaramay, u yana bir necha soat hushini yo‘qotmaydi.

    Oradan yillar o‘tgach, 1969-yilda Merkader Sudoplatovga hujumining ayrim detallarini oshkor etadi. Hujum vaqtida Trotskiy boshini burgani sabab zarba yo‘nalishini o‘zgartiradi va uning kuchini kamaytiradi.

    Lev Trotskiyning jasadi, 1940-yil 21-avgust
    Foto: AP Photo

    O‘z navbatida, qotilning advokati Eduardo Seniseros 1995-yilda Trotskiy qo‘llari bilan zarbadan himoyalanganini, shu bois ham omon qolganini ta’kidlagandi. Seniserosning aytishicha, Merkader kabinet eshigini ichidan qulflaganidayoq Trotskiy mehmonning tashrifi maqsadini anglagan va stol tortmasidan to‘pponchani olishga uringan.

    Uch yoki to‘rt daqiqa o‘tdi. Men qo‘shni xonada edim. Kutilmaganda dahshatli chinqiriq ovozi eshitildi. Eshik oldida Lev Davidovich paydo bo‘ldi, uning yuzi qonga belangan edi, — deya eslaydi Sedova.

    Trotskiy zudlik bilan gospitalga yetkaziladi va ertasi kuni u soat 07:25 da vafot etadi. “Iltimos, do‘stlarimga ayting, men To‘rtinchi internatsionalning g‘alabasiga ishonaman… Olg‘a boring” — bu Trotskiyning oxirgi so‘zlari edi.

    Yarim asrdan ortiq vaqt davomida qotillik quroli yo‘qotilgan deya hisoblab kelingan, biroq 2005-yilda qurol mexikolik Ana Alisiya Salasning uyidan topiladi. Muzo‘yar bolta unga Meksika maxfiy politsiyasida ishlagan bobosidan meros qolgan. Jinoyat quroli keyinchalik amerikalik tarixchi va biznesmen Kit Meltonning qo‘liga tushib qoladi, u esa o‘z navbatida boltani muzeyga sovg‘a qiladi.

    Meksika politsiyasi Trotskiy o‘ldirilgan muzo‘yar bolta bilan, 1940-yil
    Foto: AP Photo

    Bolta sopida Merkaderning qonli barmog‘i izlari saqlanib qolgan. Muzo‘yar boltaning uzunligi mavjud ma’lumotlardagi raqamlarga mos keladi, sopi esa kiyim ostiga yashirish uchun qirqilgan edi.

    Merkader o‘ziga chiqarilgan hukmga ko‘ra Meksika qamoqxonasida 20 yil o‘tiradi. 1960-yil mayida u ozod etiladi va Kuba orqali SSSRga olib boriladi. Moskvada SSSR Oliy kengashi prezidiumi rahbari Leonid Brejnev Merkaderga Lenin ordeni hamda Sovet Iffifoqi Qahramoni yulduzini topshiradi. Ispan va uning rafiqasiga “Sokol” metrosi yaqinidan to‘rt xonali kvartira, Kratovodan davlathovli beriladi va 400 rubl miqdorida nafaqa tayinlanadi.

    08.06.2024, 20:27   Izoh (0)   26219
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Stalin — o‘limi SSSRni o‘zgartirib yuborgan shaxs

    05.03.2024, 21:55

    “Xolokost arxitektori” — Adolf Eyxmanning Isroil razvedkasi tomonidan qo‘lga olinishi

    11.05.2024, 19:05

    Dante — “ilohiy”ga aylangan “Komediya”si, Florensiyadan quvg‘ini va Beatriche taqdiri

    28.05.2024, 21:35

    Avstraliya sharqida to‘g‘on toshib ketishi oqibatida Sidney shahrida toshqinlar yuz berdi

    08.06.2024, 15:16

    AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kelasi hafta o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun Yaqin Sharqqa boradi

    08.06.2024, 14:02

    Yaman husiylari 11 nafar BMT xodimini hibsda saqlayotgani maʼlum qilindi

    08.06.2024, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55

    Buxoroda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:45

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Dunyo | 8 avgust, 21:35

    Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.