• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Xolokost arxitektori” — Adolf Eyxmanning Isroil razvedkasi tomonidan qo‘lga olinishi

    Bundan 64 yil oldin 11-may kuni “Mossad” razvedka xizmati xodimlari Buenos-Ayresda Isroil tomonidan qidiruvda bo‘lgan harbiy jinoyatchi Adolf Eyxmanni qo‘lga oladi. Natsist Quddusga olib kelinib, sud qilinadi va unga o‘lim hukmi chiqariladi. Isroilliklarning muvaffaqiyatli operatsiyasi Ikkinchi jahon urushidan keyin Argentinadan qo‘nim topgan Uchinchi reyxning boshqa tarafdorlari orasida vahima uyg‘otadi.

    Adolf Eyxman, o‘zi ustidan boshlangan sud jarayonida
    Foto: AP Photo

    Qochoq natsistlar nima uchun Argentinadan qidirilgan?

    Ikkinchi jahon urushidan keyin ko‘plab natsist jinoyatchilar jazodan qochishga muvaffaq bo‘ladi. Ular “kalamush yo‘llari” tizimi orqali Yevropa va Janubiy Afrika davlatlariga qochib, qalbaki hujjatlar bilan yashay boshlaydi. Uchinchi reyxga sodiq xizmat qilgan Milliy-sotsialistik nemis ishchilar partiyasining ko‘plab sobiq a’zolari nemis diasporasi bo‘lgan Argentinaga qochib o‘tadi. Natsistlarning o‘z vatandoshlariga qo‘shilib ketishi qiyin kechmaydi, buning ustiga mamlakat prezidenti Xuan Peron ham ochiq-oydin ularni qo‘llab-quvvatlardi. Bundan tashqari, o‘nlab yillar davomida Adolf Gitlerning o‘zi ham suvosti kemasida Argentinaga qochib ketgani to‘g‘risida mish-mishlar yurardi. Keyinchalik Amerika maxsus xizmatlari ushbu versiyani ham tekshirib ko‘rgani ma’lum bo‘ladi.

    Natsistlar rejimining eng nomdor shaxslari — Osvensim asirlari ustida tajriba o‘tkazgan doktor Yozef Mengele hamda Xolokost tashkilotchisi, yahudiylarni o‘lim lageriga yuborish operatsiyasini boshqargan Adolf Eyxman ham aynan Argentinadan boshpana topgandi. Nyurenberg jarayonidan keyin Isroil hukumati tomonidan qidiruvga berilgan shaxslar orasida ular mos ravishda ikkinchi va birinchi o‘rinni egallardi.

    Eyxmanning jinoyatlari to‘g‘risida Xalqaro tribunalda “SS”ning yuqori martabali sobiq xodimi Diter Visletseni ko‘rsatma bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir safar Eyxman “tabassum bilan qabrga yotishini, chunki 5 millionga yaqin insonning o‘limiga aloqador ekanini alohida mamnuniyat bilan anglashi”ni tan olgan. Visletseniga ishoniladigan bo‘lsa, 1945-yil fevral oxiridagi uchrashuvda Eyxman urushda mag‘lubiyatga uchrashsa, o‘z joniga qasd qilishini aytgan.

    Eyxmanning izi tasodifan paydo bo‘ldi

    Aslida esa makkor natsist o‘lish niyatida emasdi. Tanish-bilishlari orqali u nafaqat Rikardo Klement nomida Argentina fuqarosi pasportini qo‘lga kiritadi, balki oilasini Atlantika orqali olib o‘tishga erishadi. 1952-yilda Eyxman nikohni qonuniylashtirish maqsadida o‘z rafiqasiga qayta uylanadi va Argentinada u bilan birga yashash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. “Klement”lar oilasi qo‘nim topgan Buenos-Ayresda jinoyatchining to‘rtinchi o‘g‘li dunyoga keladi. Hayot davom etar, hali u qadar qarimagan Eyxman (u 1906-yilda tug‘ilgan) Mercedes-Benz’ning mahalliy filialiga ishga joylashadi. Qaysidir onda oila a’zolari xotirjamlikka berilib, ogohlikni susaytiradi. Ular Yevropada “SS”ning qochoq obershturmbanfyureri haqida allaqachon unutib yuborishgan deb o‘ylay boshlaydi.

    “Eyxman” filmidan kadr

    “Mossad” Eyxmanni qanday topgani haqida bir nechta versiya mavjud. Qochoqning qayerda ekani haqida birinchi bo‘lib Germaniya razvedkasi xabar topgani to‘g‘risida ham ma’lumotlar bor. Ammo MRB bilan maslahatlashuvlardan keyin Eyxman kansler Konrad Adenauer atrofidagi ayrim natsistlar haqida sirlarni oshkor qilishi mumkinligi xavfi sabab surishtiruvlar to‘xtatib qo‘yiladi. Biroq Isroil razvedkasi qarshisida bunday muammo yo‘q edi. Aksincha, yosh davlat rahbarlari harbiy jinoyatchilarni qo‘lga olib, jazolashni o‘z burchi deb bilardi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Eyxman shaxsini aniqlashda germaniyalik yahudiy Lotar German asosiy rolni o‘ynagan. 1930-yillarda Daxau konslagerida o‘tirgan German ozodlikka erishgach, Germaniyadan ko‘chib ketgan. 1950-yillarda esa kataraktadan aziyat chekib kelgan German butunlay ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi, ammo aql-hushi joyida bo‘lgani bois xalqaro siyosat bilan qiziqar, xususan, natsistlar rejimining taniqli shaxslari taqdirini kuzatib borardi.

    Foto: AP Photo

    1954-yilda uning 12 yoshli qizi Silviya kinoteatrda Klaus ismli yigit bilan tanishib qoladi. Natijada o‘smir yigitcha Germanlar uyiga tez-tez kelib turadigan bo‘ladi. Bir safar u Silviyaga otasi natsistlar Germaniyasida yuqori martabaga ega bo‘lganini maqtanadi. Qizining suhbatiga quloq solib o‘tirgan German bo‘lajak kuyovi Eyxmanning o‘g‘li ekanini darhol anglaydi. Erkak o‘z taxminlari haqida avvaliga Buenos-Ayresdagi yahudiylar jamoasi yetakchilariga, keyin esa Butunjahon yahudiylar kongressining Argentinadagi filiali hisoblangan ADIA tashkiloti vakillariga aytadi. Ikkala tuzilma ham Germanning mulohazalariga qiziqish bildirmaydi.

    Shunda emigrant Eyxmanni Yevropadaligida ushlashga uringan “natsistlar ovchisi” Tuvya Fridman va prokuror Frits Bauer bilan aloqaga kirishadi. “Mossad” direktori Isser Xarelning ta’kidlashicha, aynan Bauer isroilliklarga Germandan olingan ma’lumotlarni taqdim etgan. 1957-yilda reparatsiyaga oid muzokaralar davomida Bauer imkon topib, Isroil delegatsiyasi rahbariga xabarni yetkazadi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi esa siyosiy razvedka bilan ma’lumotni bo‘lishadi. Muqobil versiyalardan biriga ko‘ra, “Mossad” Eyxman haqida Fridman orqali xabar topgan.

    Natsistni qo‘lga olgan agent Malkin

    “Mossad” xodimlari o‘z kanallari orqali natsist Germaniyadan qochib ketgach, uning rafiqasi Argentinaga ko‘chib, u yerda ikkinchi bor turmushga chiqqanini aniqlaydi. German ko‘rsatgan “Klement”ning uyi kuzatuvga olinadi. Nimadandir shubhalangan Eyxman yashash manzilini o‘zgartiradi va ta’qibdan qutulib qoladi. Ammo 1959-yilning oxirida yana isroillik agentlar e’tiboriga tushadi. Uzoq kuzatuvlar, oilaning yangi uy oldi-sotdisiga bog‘liq hujjatlarini o‘rganish asnosida, shuningdek, mavjud suratlarni solishtirish natijasida ushbu shaxs Eyxman ekani tasdiqlanadi.

    Eyxman rolini ijro etayotgan Ben Kingsli, “Operatsiya final” filmi
    Foto: “Kinogo”

    Jinoyatchini qo‘lga olish va uni Isroilga olib ketish operatsiyasiga shaxsan Xarel boshchilik qiladi. Shunday qilib “1-raqamli natsistni” ushlash uchun eng malakali xodimlar saralanadi. Ularning barchasi Uchinchi reyxdan o‘ch olish istagida yonardi. Xarel ularga Eyxmanni tiriklay qo‘lga olishni buyuradi. 33 yoshli Rafael Eytan guruhga rahbarlik qilishni zimmasiga oladi. Operatsiyani o‘tkazish sanasi Argentina mustaqilligining 150 yilligi munosabati bilan Isroil delegatsiyasining Buenos-Ayresga tashrifi sanasiga belgilanadi. Ikki davlat o‘rtasida muntazam qatnovlar yo‘q bo‘lgani bois Eyxmanni hukumat samolyotida olib chiqish reja qilingandi. Havo kemasi 19-may kuni Buenos-Ayresga yetib kelib, ertasi kuni ortga qaytishi lozim edi.

    “Mossad” agentlari Argentina poytaxtidagi bir nechta uy va transportni ijaraga oladi, aloqa tizimini yo‘lga qo‘yadi, harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. Operatsiyani amalga oshirishga jami 30 kishi jalb etiladi, ularning 12 nafari natsistni qo‘lga olishi va olib chiqishi kerak edi — qolganlar yordamchi funksiyalarni bajaradi.

    Adolf Eyxman
    Foto: AP Photo

    1960-yil 11-may kuni maxsus xizmatlar xodimlari Eyxmanni ikkita avtomobilda kuzatuvga oladi. Agentlarning aniqlashicha, nemis har kuni avtobusda soat 19:00 da ishdan qaytgan. Ammo o‘sha kuni u ushlanib qoladi va manzilga soat 20:05 da yetib keladi. Qorong‘i tushib bo‘lgan, ko‘chadagi chiroqlar esa ishlamasdi. 54 yoshli Eyxman cho‘ntak fonarini yoqqan holda uyi tomon ketib borardi. Qo‘lga olish ishini 32 yoshli Piter Malkin amalga oshiradi. Natsist “Mossad” xodimlari mashinasi yonidan o‘tayotganida u ispancha gapirib, Eyxmanni o‘ziga qaratadi va bo‘ynidan qayirib, ushlaydi. Keyinroq Malkin ushbu jarayon 20 soniya davom etganini tan oladi.

    Mashinadan chiqqan Eytan va Avraam Shalom yerga yiqitilgan Eyxmanni qo‘l va oyog‘idan ushlab, salonga ortadi. Og‘ziga tiqin tiqilib, mahkam bog‘lanadi, ko‘ziga qora ko‘zoynak taqilib, ustiga odeyal yopiladi. Konspirativ kvartiraga ketishda mashina yo‘lda to‘xtab, davlat raqam belgilari o‘zgartiriladi. Ikkinchi avtomobil bir muddatga ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, biroq ko‘p o‘tmay u ortlaridan villaga yetib keladi. Isroilliklar Eyxmanni ikkinchi qavatdagi xonalardan biriga olib kirib, krovatga bog‘lab qo‘yadi. Shundan so‘ng, zahar bor yo‘qligini aniqlash maqsadida jinoyatchining ust-boshi yaxshilab tekshiriladi. Asir anchadan buyon ozod yashayotgani bois zaharni tashlab yuborganini ta’kidlaydi, shunday bo‘lsa-da, shifokor uning tishlarini ham ko‘zdan kechiradi.

    “SS” ofitserlari qon guruhi raqamini tatuirovka qilib tushiradigan bilagi ostidagi joyda chandiq aniqlanadi. U urushdan keyin amerikaliklar qo‘liga tushmaslik uchun raqamni tamaki bilan o‘chirib tashlaganini bildiradi. Shu sababli ham 1945-yilda uning kimligini aniqlay olishmagandi.

    Aaroni til bilgani sabab konspirativ kvartirada so‘roq o‘tkazadi. Eyxman qarshilik ko‘rsatmay, o‘z shaxsini ochiqlaydi. 13-may kuni razvedkachilar Isroil hukumatiga operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgani bo‘yicha hisobot beradi.

    Eyxmanning Argentinadan olib chiqib ketilishi

    20-may kuni anesteziolog shifokor Yona Elian Eyxmanga trankvilizator ukolini qiladi. Nemisga Isroil uchuvchisining formasi kiygizilib, aeroportga olib boriladi va chegara nazoratidan o‘tishda u YTHda jarohat olgan Rafael Arnon sifatida tanishtiriladi. 21-mayga o‘tar kechasi bortida harbiy jinoyatchi bo‘lgan samolyot Isroilga uchadi. Bu vaqtda 300 ga yaqin natsist butun Buenos-Ayres bo‘ylab Eyxmanni qidirayotgandi.

    Eyxman ustidan sud jarayoni
    Foto: AP Photo

    22-may kuni Isroil bosh vaziri David Ben-Gurion Argentinada yo‘qolgan shaxs Quddusda ekani va u sudga topshirilganini e’lon qiladi. Argentina hukumati isroilliklarni odam o‘g‘irlashda va suverenitetni buzishda ayblaydi. Isroil TIV rahbari Golda Meir qonun buzilishi uchun rasmiy uzr so‘raydi.

    Oradan bir yil o‘tgach, 11-aprel kuni Eyxman ishi bo‘yicha sud boshlanadi. 15-dekabrda unga o‘lim hukmi o‘qiladi, 1962-yilning 1-iyunga o‘tar kechasi esa u qamoqxonada dorga osiladi.

    11.05.2024, 19:05   Izoh (0)   12612
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Fyurer vidolashmoqchi” — Gitlerning bunkerdagi so‘nggi kuni haqida

    30.03.2024, 20:31

    Kosmosda birinchi, hamshiraga tegajog‘lik va rahbariyat bilan ziddiyat. Gagarinning parvozdan keyingi hayoti

    12.04.2024, 13:35

    Bosh fashistning o‘limi. Ma’shuqasi bilan qatl etilgan, jasadi 10 yil “joyini topa olmagan” Benito Mussolini taqdiri

    28.04.2024, 08:20

    Ukraina Xarkovdan 1775 kishini evakuatsiya qildi

    11.05.2024, 18:40

    Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 153 nafarga yetdi

    11.05.2024, 17:25

    Isroil G‘azoda xalqaro qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin — AQSH

    11.05.2024, 15:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.