• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dante — “ilohiy”ga aylangan “Komediya”si, Florensiyadan quvg‘ini va Beatriche taqdiri

    Dante Aligyeri — italiyalik shoir va yozuvchi, ilohiyot mutaxassisi, siyosiy arbob. U nafaqat Italiya, balki Yevropa adabiyotining asoschilaridan biri hisoblanadi. Dante asarlari yuzlab yillar o‘tganiga qaramay, hozirga qadar butun dunyoda e’tirof etib kelinadi.

    Florensiyada Dantega atab o‘rnatilgan haykal
    Foto: Getty Images

    Bolalik va o‘smirlik

    Dante Florensiyada dunyoga keladi. Uning to‘liq ismi Durante delyi Aligyeri. Shoirning haqiqiy tug‘ilgan sanasi ma’lum emas — u 1265-yilning 21-may va 1-iyun oralig‘ida dunyoga kelgan deya hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning ajdodlari Rimdagi Elizeylar hisoblanadi — ular Florensiyaga asos solishda ishtirok etgan. Bobosining bobosi Kachchagvid Konrad III davrida ritsar bo‘lgan, salib yurishida qatnashgan. Buvisining buvisi Aldiyeri da Dontana badavlat oiladan bo‘lib, o‘g‘liga Aligyeri deya ism qo‘ygan va keyinchalik bu familiyaga aylanib ketgan.

    Dantening bobosi gvelflar va gibellinlar o‘rtasida yuz bergan janglardan keyin Florensiyadan quvilgan bo‘lib, vataniga 1266-yilda qaytgan. O‘g‘li Aligyeri II esa Dantening onasi Bella kabi siyosatdan yiroq insonlar edi. Ayol farzandi bolaligida vafot etgan, otaning ikkinchi turmushidan Franchesko va Tana ismli bolalari bo‘lgan.

    Dante ilmli inson bo‘lib, tabiiy fanlar va adabiyotni yaxshi ko‘rgan. U she’riyatga qachon qiziqishni boshlagani noma’lum, ammo Dantening “Yangi hayot” asari 1292-yilda yozilgan. Asardan o‘sha davrda yozilgan poemalar o‘rin olgan. Saylanmada she’rlarni ham uchratish mumkin edi. Bu Aligyeri tomonidan Beatrichening o‘limidan keyin yozgan o‘ziga xos tavbasi hisoblanadi. 

    Shoir yoshligida bobosi kabi siyosatga qiziqib qoladi. XIII asr oxirlarida Florensiya Rim papasi tarafdorlari va dushmanlari o‘rtasidagi mojaroda o‘rtakash sifatida qatnashgan. Aligyeri papa hokimiyatga qarshi bo‘lganlar tarafini oladi. Avvaliga omad u tomonda edi, Dante partiyasi raqibdan ustun keladi va 1300-yilda shoir prior (“yetakchi”) lavozimiga tayinlanadi.

    Foto: Wikipedia

    Ammo bir yildan keyin siyosiy vaziyat keskin o‘zgaradi — hokimiyat papa tarafdorlari qo‘liga o‘tadi. Dantega poraxo‘rlik bo‘yicha tuhmat qilinib, Florensiyadan quvib yuboriladi. Shuningdek, u davlatga qarshi faoliyatda ham ayblanadi. Shoirga 5 ming florin miqdorida jarima belgilanadi va mol-mulki musodara qilinadi. Keyinroq esa umuman o‘lim jazosi tayinlanadi. Bu vaqtda esa Aligyeri shahardan chiqib ketib bo‘lgandi, hukmdan xabar topgan shoir ortga qaytmaslikka qaror qiladi va surgunda yashay boshlaydi.

    Dante umrining qolgan qismini Verona, Bolonya, Ravenna kabi shaharlarni kezib o‘tkazadi. Ayrim manbalarda shoir Parijda ham yashagani aytiladi, biroq ko‘plab tadqiqotchilar u Italiyani tark etmagan deya hisoblashadi. “Yangi hayot”dan keyingi barcha asarlari surgunlikda yozilgan.

    Ilhom parisi — Beatriche

    Dantening hayotidan xabardor insonlar uning deyarli barcha she’rlari-yu asarlari Beatriche ismli ayolga bag‘ishlanganini yaxshi biladi: kitoblarda u “Dante sevgan ayol” deyiladi. Ammo bir narsani unutmaslik kerakki, Beatriche hech qachon “uning ayoli” bo‘lmagan: ular unashtirilmagan, hatto bir-biri bilan sevishmagan ham. Dante merosi orasida Beatriche yerdan ko‘ra osmondagi hilqatlarga taalluqli ekani aytilmagan biror sahifa yo‘q: bu farishta, mo‘jiza, Dante uni ilohiylik daxldor deya ta’riflaydi.

    Henri Holiday tomonidan chizilgan “Dante va Beatriche” surati
    Foto: Wikimedia Commons

    Umuman olganda, Dantening Beatrichesi oddiy inson edi: uning ismi Biche bo‘lib, florensiyalik zodagon Folko Portinarining qizi. Biche yoshligida Simone Bardi ismli erkakka turmushga chiqqan. Biche-Batriche 1290-yilning iyunida vafot etganidan (25 yoshida) boshqa uning hayoti haqida ma’lumotlar yo‘q.

    Shunday qilib, Dantening aksariyat she’rlari bag‘ishlangan ayol boshqa bir insonning rafiqasiga aylanadi: aftidan, bir necha bor shoirning unga ko‘zi tushgan, balki bir og‘iz ham gaplashishgandir. Beatriche Dante uchun ilhom manbayi edi, ammo seviklisi emas.

    Dantening ham rafiqasi bo‘lgan — Jemma Donati. Biroq u hamma joyda Beatriche haqida yozgan, Jemma haqida esa bir og‘iz ham gap yo‘q. Nima uchun? Bu savolga javob berish asnosida ayrim o‘quvchilar e’tiboridan chetda qolgan bir masala bor — bu qadimiy an’analar. Uzoq yillar davomida ba’zi davlatlarda yoshlar sevib qolganiga emas, oilasi tanlagan insonga turmushga chiqadi. O‘sha davrda ham aristokratlar boyligini ko‘paytirish, burjuazlar ijtimoiy pillapoyada ko‘tarilish, qashshoqlar — sepi bor qizni uyiga olib kelish uchun uylanardi… Nikoh muzokaralar davomida hal bo‘lar, oila quradiganlar esa hech qanday ovozga ega emasdi. Dante bilan ham shunaqa holat sodir bo‘lgan deya taxmin qilinadi. Donatilar Florensiyadagi eng ko‘zga ko‘ringan oilalardan edi, Jemma bo‘lsa ularga “mos kelardi”. Oila keyinchalik baxtli bo‘lib ketgan-ketmaganini bila olmaymiz, ammo shu narsa ma’lumki, Dantega chiqarilgan hukmdan keyin Jemma u bilan Florensiyani tark etmagan.

    Haqiqat va xayolot orasida

    Dante 9 yoshida Beatricheni sevib qolgan. Oradan to‘qqiz yil o‘tgach, ular yana ko‘rishadi, qiz u bilan so‘rashganida yigitning muhabbati yanada alanga oladi. Shunga qaramay, Beatrichega bo‘lgan hurmat sabab Dante o‘z hissiyotlarini yashirib keladi va boshqa qizni sevib qolgandek o‘zini tutadi. 

    “Dante” filmidan kadr

    Oradan ko‘p o‘tmay Beatrichening otasi vafot etadi. Dante dahshatli tush ko‘radi — unda qiz ham vafot etgandi. Beatriche rostdan ham olamdan o‘tganida Dante unga atab ko‘plab g‘amgin she’rlarni bitadi.

    Sevgi qissasi sodda, ko‘plab o‘ylab topilgan detallarga to‘la: tushlar, sevgi xudosi Amor bilan suhbat… Bundan tashqari, Dantening kitobini o‘qigan inson florensiyalik qizning hayoti va o‘limi haqidagi hikoya Iso Masihning hayotiga oid hikoyalarga o‘xshab ketadi. Dante “Yangi hayot”da Beatriche haqida ko‘p gapiradi, ammo hech qachon u bilan gaplashmaydi: eng qizig‘i — u qizning dugonalari bilan Beatriche haqida suhbat quradi, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot esa yo‘q, Dante birinchi qadamni qo‘yish uchun juda jur’atsiz.

    “Ilohiy komediya” asarida yoritilgan asosiy g‘oyalar

    Dastlabki narigi dunyo haqidagi tasavvur zardushtiylik dinida ishlab chiqilgan bo‘lib, u dunyo jannat, aʼrof va do‘zaxdan iborat, vafot etgan insonlar bu dunyodagi 12 qilmishlariga binoan marhamat yoki jazo topadilar deyilib, unda uchala qism tafsiloti berilgandi. Narigi dunyo haqidagi zardushtiylar taʼlimoti iudaizm, isaviya va islom dinlari tomonidan umumiy tarzda qabul qilingan edi. Ammo jannat, aʼrof, do‘zax qanday qurilgan, kimlar qaysi qismga borishga hukm qilinadi, qanday gunohlar uchun qanaqa jazo olinadi, aʼrof, jannatga kimlar kiradi, jannat rohati qay yo‘sin ekanligi haqida hech qanday maʼlumot yo‘q edi.

    Sandro Bottichellining “Do‘zax halqalari” kartinasi

    Dantening o‘ta boy fantaziyasi narigi dunyoni shunchalik aniq tasvirlab beradiki, jahon adabiyotining biror namunasi, hatto Sharq afsonalari, antik dunyo asotirlari ham unga teng kelolmaydi. Dante asarini “Komediya” deb atagan, chunki o‘rta asrlarda milliy tilda yozilgan va yaxshilik bilan tugallangan har qanday asar, janridan qatʼi nazar, komediya deb atalgan.

    Keyinchalik Bokkachcho asarning mohiyati jihatidan “ilohiy” sifatini qo‘shgan. Shundan beri doston “Ilohiy komediya” deb ataladi. Doston narigi dunyoning uch qismini tasvirlovchi “Do‘zax”, “Aʼrof” va “Jannat” qismlariga bo‘linib, har qismi kantika deb ataladi. Bu atamani dastavval Ibn Sinoning “Urjuza”sini kremonalik Xerardo lotin tiliga tarjima qilganda qo‘llab, asarni Cantica de Nedicina deb atagan.

    Dante Xerardo qo‘llagan atamadan foydalanadi. Doston 100 ta sheʼrdan iborat. Sheʼrlar uchliklar shaklida yozilgan. Dostonning har uchala qismi hajmi jihatidan bir xil, 33 sheʼrdan iborat. Shoir o‘z homiysi Della Sakalaga yozgan xatida doston to‘rt maʼnoga ega ekanini aytadi: aynan maʼnosi — insonlarning narigi dunyodagi taqdiri; majoziy maʼnosi — bu dunyoda qilgan ishiga yarasha jazo yoki rohat topishi; axloqiy maʼnosi —insonni yomon yo‘ldan qaytarish va yaxshilikka boshlash; yashirin maʼnosi — Beatrichega bo‘lgan muhabbatning shunday asar yaratishga ilhomlantirgan farog‘at kuchini kuylashdir.

    “Inferno” filmidan kadr

    “Ilohiy komediya”ning voqeasi murakkab emas: xayolida quyuq o‘rmonda adashib qolgan Dante uch yirtqich: arslon, bo‘ri va qoplonga yo‘liqadi. Ulardan qutulishni bilmay sarosimaga tushib turgan shoirning oldiga Vergiliy keladi. Antik shoir Danteni bu balolardan qutqarib, uni oxir dunyoning uch qismi bilan tanishtirish haqida oliy buyruq bo‘lganini aytadi. Ustoz Danteni yetaklab do‘zaxning to‘qqiz qavati, undagi jazolanuvchi gunohkorlar, ularning tarixi, jazolarning turlari bilan tanishtiradi.

    28.05.2024, 21:35   Izoh (0)   17022
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh fashistning o‘limi. Ma’shuqasi bilan qatl etilgan, jasadi 10 yil “joyini topa olmagan” Benito Mussolini taqdiri

    28.04.2024, 08:20

    “Xolokost arxitektori” — Adolf Eyxmanning Isroil razvedkasi tomonidan qo‘lga olinishi

    11.05.2024, 19:05

    Polkovnik Redl — Rossiya imperiyasi foydasiga josuslik qilgan Avstriya-Vengriya armiyasi razvedkasi boshlig‘ining sirli o‘limi

    25.05.2024, 20:01

    Xitoyda aktivlarni boshqarish bo‘yicha eng yirik kompaniya sobiq bosh direktori o‘limga hukm qilindi

    28.05.2024, 21:05

    Si Szinpinning Yevropaga tashrifi: Markaziy Osiyo uchun qanday ishoralar bor?

    28.05.2024, 20:10

    Hindiston va Bangladeshda “Remal” sikloni oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi, 1 million fuqaro evakuatsiya qilindi

    28.05.2024, 19:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “10 yil oldingi o‘zimga ko‘proq tug‘ishni maslahat berardim”. Dilnoza Ismiyaminova shaxsiy hayoti va xiyonat haqida

    Layfstayl | 19 iyun, 18:24

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    Reklama | 19 iyun, 18:16

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:13

    Dorilar arzonlashib, dorixonalar nazorati kuchaytiriladi: Farmatsevtika agentligi rahbari Abdulla Azizov bilan suhbat

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:12

    Apple va Google akkauntlaridan 16 mlrd parol internetga tarqaldi — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 17:54

    ​​Shamol yo‘nalishining o‘zgarishi sababli bir nechta samolyotlar Toshkentga qo‘na olmadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 17:52

    Yevropa Ittifoqi muzlatilgan rus aktivlarini Ukrainaga yordam beruvchi fondga o‘tkazadi

    Dunyo | 19 iyun, 17:50

    Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 19 iyun, 17:42

    Orlando Blum “Karib dengizi qaroqchilari” filmiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.