Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 5-iyun kuni BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahlni qabul qildi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 9 ta, jumladan 2024-yilning o‘tgan davrida 3 ta rezolyusiyani qabul qildi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi jamoasiga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor.
“BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Sabine Mahl xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos kelishini alohida ta’kidladik. O‘zbekiston hukumati BMT va uning tuzilmalari bilan keng ko‘lamli hamkorlik dasturiga ega. Bizning yaqin munosabatlarimiz barcha sohalarda yuqori sur’atni namoyon etmoqda. Ta’kidlash joizki, so‘nggi paytlarda BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 9 ta, jumladan 2024-yilning o‘tgan davrida 3 ta rezolyusiyani qabul qildi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi jamoasiga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor”, — deb yozdi Baxtiyor Saidov.
Tajribali avstriyalik xalqaro diplomat Sabine Mahl 2022-2023-yillarda BMTning O‘zbekistondagi missiyasiga rahbarlik qilgan Roli Astxana o‘rniga tayinlandi.
Izoh (0)