Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi maktablarning birida geografiya fani o‘qituvchisi 7-sinf o‘quvchisini urdi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, videoxabarda namoyish etilgan voqea Yangihayot tumanidagi 332-sonli umumta’lim maktabida shu yil 29-aprel kuni sodir bo‘lgan. Maktabning geografiya fani o‘qituvchisi X.B. 7-“B” sinfida ikkinchi soat darsida o‘quvchi A.A.ni urgani sababli unga nisbatan intizomiy chora qo‘llangan.
Bundan avval Farg‘onada direktor o‘quvchi qizdan ro‘molini yechishni talab qilib, kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)