Yevropa Ittifoqi Xitoy eksportidan AQSH kabi og‘riqsiz voz kecha olmaydi. Bu haqda Global Times gazetasida chop etilgan maqolada aytiladi.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy elektromobillariga import bojlarini oshirish Yevropa iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazadi, chunki bu Xitoy avtomobilsozlik sanoati bilan chambarchas bog‘liq. Tegishli bojlarni 100 foizga oshirish bo‘yicha AQSH misoliga ergashish Yevropa Ittifoqi uchun “juda og‘riqli” bo‘ladi. Bundan tashqari, hatto Xitoydan importni cheklash niyatlari haqida og‘zaki bayonotlar ham Xitoy kompaniyalarining Yevropa Ittifoqiga sarmoya kiritish rejalariga ishonchining pasayishiga olib keladi.
Yevropa Ittifoqi rahbarlari Xitoyning shamol turbinasi ishlab chiqaruvchilarini tekshirmoqda. Yevropa tomoni korxonalarni “adolatsiz subsidiyalar va davlat yordamidan” foydalanishda gumon qilmoqda. Bungacha Yevropa Ittifoqi Xitoyning fotovoltaik mahsulotlari va elektr transport vositalariga nisbatan xuddi shunday choralarni ko‘rgandi.
Xitoy Savdo vazirligi Yevropa Ittifoqining barcha ayblovlarini rad etib, yevropalik amaldorlarning harakatlari “Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda salbiy oqibatlarga va noaniqlikka olib kelishini” ta’kidladi.
Izoh (0)