“Barselona” Bilbaoning “Atletik” klubi vingeri Niko Uilyamsni sotib olmoqchi, deb xabar beradi Sport.es.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi Kataloniya klubining asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. “Barselona” sport direktori Deko allaqachon futbolchining agenti bilan bog‘langan va kelishuvni amalga oshirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini aytgan.
Klub rahbariyati Uilyams uchun tovon shartnomada ko‘rsatilganidan ko‘ra kattaroq summani taklif qilishga tayyor, shunda “Atletik” taklifni rad eta olmaydi.
Joriy mavsumda Uilyams 37 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uzun bo‘yli Uilyams 21 yoshda va yarim himoyachi bosh bilan ham yaxshi o‘ynay oladi. Futbolchi 2022-yildan beri Ispaniya terma jamoasida faoliyat olib boradi. 2022-yilning noyabr oyida Iordaniya terma jamosi bilan o‘rtoqlik o‘yinida gol urishga ham erishgan.
Izoh (0)