Aktrisa Anastasiya Zavorotnyuk uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng tunda vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
2019-yil avgust oyida OAVda aktrisaga jiddiy kasallik tashxisi qo‘yilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Uzoq vaqt davomida uning qarindoshlari bunga hech qanday izoh bermadi. Keyinroq uning glioblastomadan davolanayotgani tasdiqlandi.
Kasallik aniqlanganidan so‘ng Zavorotnyuk filmlarda suratga tushish, turli tadbirlarda qatnashish va ijtimoiy tarmoqlarni yuritishni to‘xtatdi.
Aktrisa 53 yoshda edi. U “Mening go‘zal enagam” serialidagi roli bilan mashhurlikka erishgan, shuningdek, “Apokalipsis kodi”, “Shekspirning tushiga ham kirmagandi” hamda “Merosxo‘r” filmlarida turli obrazlarni gavdalantirgan edi.
Ma’lumot uchun: Glioblastoma kasalligi bosh miya o‘simtasining eng keng tarqalgan va eng agressiv shaklidir.
Izoh (0)