Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 31-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 21,04 so‘mga pastlab, 12 619,83 so‘m bo‘ldi. Yevro 72,05 so‘mga tushib, 13 645,82 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,21 so‘mga pastlab, 140,36 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket besh kun pastlab, 12 640,87 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Izoh (0)