Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida zamonaviy avtomobillarga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan korxona rahbarlari ushlandi.
Xabar berilishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlangan. “Y.D.” MCHJ va “M.q.M.” OK rahbarlari tijorat banki Uchqo‘rg‘on filialidan zamonaviy avtomobillarga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan imtiyozli kredit hisobidan xarid qilingan uskuna va elektr jihozlarini sotib yuborib, jami 545 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)