Marg‘ilon shaharida eski adovat ortidan og‘ir jinoyat sodir qilindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, 21-may kuni, 2006-yilda tug‘ilgan, Marg‘ilon shaharda yashovchi fuqaro S.T. shaharning B.Marg‘iloniy ko‘chasida “Yangi bog‘i” MFY da yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ni o‘tkir tig‘li jism bilan o‘ng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan.
Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida, S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.
Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.
Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi S.T. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Izoh (0)