Statistika agentligi O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha maʼlumot berdi.
Xabarga ko‘ra, reytingda Cobalt peshqadam – 41 704 dona. Keyingi o‘rinda Damas – 23 244 dona. Uchinchi pog‘onada Tracker – 17 177 dona.
Shuningdek:
- Onix – 11 580 dona
- Lacetti Gentra – 10 954 dona
- Kia – 6 151 dona
- Chery – 3 492 dona
- Haval – 230 dona
- Exeed – 73 dona
- Maxsus yengil avtomobillar – 7 671 dona
Avvalroq UzAutoMotors Lacetti Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida xabar bergan edi. 2024-yilning 8-may kuni esa UzAutoMotors 15 daqiqa ichida Lacetti‘ga 4,4 mingta shartnoma tuzdi.
Izoh (0)