Xorazm viloyatida yashovchi M.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 1 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida yashovchi N.Sh. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.Sh. Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola) jo‘natib, bu eʼlonga ishongan foydalanuvchilarning bank karta maʼlumotlarini qo‘lga kiritish orqali kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan N.Sh.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)