Oliy Majlis Senatining 52-yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga asosan Jumanazar Ergashev o‘n yillik muddatga, Maʼmurjon Kadirov muddatsiz davrga, Dilshod Rajabov muddatsiz davrga, Nosirjon Rasulov o‘n yillik muddatga, Burxon Turdiyev o‘n yillik muddatga, Asqarali Ummataliyev o‘n yillik muddatga, Gulnafis Xudayberdiyeva o‘n yillik muddatga Oliy sudning sudyasi lavozimiga saylandi.
2023-yilning sentyabrida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi. Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)