Namanganda 63-xalqaro gullar festivali boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Bayramni anʼanaviy tarzda avtoparad boshlab berdi.
Namangan xalqaro aeroportidan yo‘lga chiqqan 200 dan ortiq gullarga burkangan avtomobil bir soatdan ortiq vaqt davomida shaharning markaziy ko‘chalarini aylanib, Bobur bog‘i oldiga yetib keldi.
Bu yerda festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan bilan birodarlashgan viloyat va shaharlar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, o‘nlab xorijiy va mahalliy OAV muxbirlari ishtirok etdi.
Mehmonlar viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov hamrohligida Bobur va “Afsonalar vodiysi” bog‘larini aylanib chiqdi, gul kompozitsiyalari bilan tanishdi.
Festivalning badiiy sahnalarida O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyev, xonanda Ozoda Nursaidova va boshqa estrada yulduzlarining chiqishlari olqishlar bilan qarshi olindi.
Maʼlumot uchun, xalqaro gullar festivali doirasida viloyat markazida 45 million tupdan ortiq turli gul ko‘chatlari ekildi. Ulardan 30 milliondan ortig‘i bevosita Bobur bog‘idan o‘rin olgan.
Izoh (0)