O‘zbekiston musulmonlari idorasi haj mavsumi 2024-yil 23-maydan boshlanishini e’lon qildi.
Respublikadan Saudiya Arabistoniga shu yil 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Mamlakatning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent—Madina, Buxoro—Madina, Namangan—Madina, Farg‘ona—Madina, Samarqand—Madina, Qarshi—Madina, Termiz—Madina, Urganch—Madina, Nukus—Madina va Navoiy—Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi.
Barcha parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, ushbu mavsumga puxta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida, dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, ayni kunlarda barcha tashkiliy ishlarni bajarmoqda.
Izoh (0)