Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida “OKMK” va “Lokomotiv” 14-may, seshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratdi. 84-daqiqada Mirjamol Qosimov hisobni ochdi.
88-daqiqada esa Xurshid G‘iyosov olmaliqlarga ishonchli g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
“OKMK” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 11 taga yetkazdi va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Temiryo‘lchilar” 8 ochko bilan 10-pog‘onani band etgan.
Superliga
7-tur
14-may, seshanba
“Lokomotiv” – “OKMK” 0:2
Gollar: Mirjamol Qosimov, 84 (0:1), Xurshid G‘iyosov, 88 (0:2).
“Lokomotiv”: 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 4. Ivan Rogach, 6. Sherzodjon Komilov, 7. Sardor Abdunabiyev (11. Izzatilla Abdullayev, 90), 8. Damyan Krayishnik (27. Sobit Sindarov, 61), 10. Ivan Bulatovich (77. Lazizbek Mirzayev,90) 17. Sanjar Tursunov, 22. Muhammadanas Hasanov, 26. Abdulloh Yo‘ldoshev, 55. Anzur Ismailov.
“OKMK”: 1. Valijon Rahimov, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmanov, 4. Mirjamol Komilov, 8. Baxtiyorjon Qosimov (31. Shohruh Abduxalilov, 90) 10. Xurshid G‘iyosov, 14. Azizbek Bahramov, 15. Oybek Rustamov, 18. Aziz Xolmurodov (27. Ali Abdurahmonov, 66), 28. Arixiro Sentoku, 77. Nodirbek Abdurazzoqov (99. Irakli Ruhadze, 66).
Izoh (0)