Gruziyaning 2024-yilda turizm sohasidan oladigan daromadi 4,5 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Bu haqda Galt&Taggart investitsiya kompaniyasi hisobotida aytiladi.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki uch oyida Gruziyaga 1,3 million nafar xorijlik sayyoh tashrif buyurgan, bu yillik hisobda 7,6 foizga ko‘pdir.
![](/static/2024/05/08/gruziya1-72C1QFHq.jpg)
Hisobot davrida Gruziyaga turizm maqsadida 938,6 ming kishi tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 11 foizga oshiq.
Avvalroq sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan mamlakatlardan biri Turkiya 2023-yilda salkam 57 million turistni qabul qilib, buning ortidan 4,3 milliard dollarlik daromadga ega bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh (0)