Daryo

2024-yilda Turkiyaga 60 million sayyoh kelishi kutilmoqda

Buning ortidan mamlakat rekord darajadagi 60 mlrd dollar daromad ko‘rishi rejalashtirilgan

1 daqiqa o‘qish10 358 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya 2024-yilda 60 million nafar sayyoh tashrifini kutmoqda. Bu haqda Turkiyaning Turkmanistondagi elchisi Ahmet Demirok ma’lum qildi.

“Jahon Turizm Tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, Turkiya 2022-yilda 50 milliondan ortiq sayyohni qabul qilib, bu borada butun dunyo bo‘yicha 4-o‘rinni egalladi.

Foto: Google Images

2023-yilda esa salkam 57 million turistni qabul qilib, buning ortidan 4,3 milliard dollarlik daromadga ega bo‘ldi. 2024-yilda sayyohlar soni bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatish rejalashtirilgan: 60 million sayyohni qabul qilib, 60 milliard dollar daromad ko‘rish”, — dedi u Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Turkiya turizm sanoati salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirdagi nutqi davomida.

Demirok bugungi kunda Turkiyaning har bir mintaqasida to‘rt faslda turli turizm tadbirlari tashkil etilishi mumkinligini, mamlakatning rivojlangan infratuzilmasi ko‘plab sayyohlarni qabul qilish imkonini berayotganini ta’kidladi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar