Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yinida “PSJ” va “Borussiya D” jamoalari 7-may, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida mehmonlar futbolchisi Mats Hummels topildi.
Mats Hummels Chempionlar Ligasi pley off bosqichida gol urgan eng keksa germaniyalik hisoblanadi.
“Borussiya” Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim finalida “PSJ”ni mag‘lub etdi (1:0) va finalga yo‘l oldi. Yagona gol 50-daqiqada Mats Hummels tomonidan kiritildi.
U Chempionlar Ligasi pley off bosqichida gol urgan eng keksa nemis futbolchisiga aylandi. Hozirda u 35 yosh-u 143 kunlik.
Shuningdek, u Chempionlar Ligasi yarim finalida gol urgan eng keksa futbolchi Rayan Giggz (37 yosh-u 148 kun) va Edin Jekodan (37 yosh-u 54 kun) keyin uchinchi o‘rinni egalladi.
Hummels “Borussiya” safida Chempionlar Ligasidagi so‘nggi golini 11 yil oldin – 2013-yilda “Shaxtyor” darvozasiga kiritgan edi.
Finalga yo‘l olgan “Borussiya”ning raqibi bugun, 8-may kuni hal bo‘ladi. “Real” hamda “Bavariya” klubi g‘olibi nemis klubi bilan to‘qnash keladi.
Izoh (0)