Angliya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan “Nottingem Forest” bilan o‘yinda (1:3) uchta gol o‘tkazib yuborgan “Sheffild Yunayted” ligada o‘tkazib yuborilgan gollari sonini 100 taga yetkazdi va shu tariqa Premyer Ligada bu muddat ichida shuncha gol o‘tkazib yuborgan ikkinchi jamoaga aylandi.
1908—1909-yilgi mavsumda “Lester” 38 turda 102 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Shu bilan birga, 1993—1994-yilgi mavsumda “Suindon Taun” ham o‘z darvozasidan 100 ta gol o‘tkazib yuborgan. Ammo o‘sha paytda Angliya Premyer Ligasi 42 turni o‘z ichiga olgandi.
Angliya chempionatining 36-turidan so‘ng “Sheffild Yunayted” 16 ochko jamg‘arib oxirgi o‘rinda bormoqda. Klub Angliya Premyer Ligasida “jon saqlab qolish” uchun matematik imkoniyatga ega emas, chunki chempionat tugashiga ikki tur qolganida ular 19-o‘rindagi jamoadan sakkiz ochko ortda qolmoqda.
Izoh (0)