Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogining 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Iroq 2-may, payshanba kuni Indoneziyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Indoneziya futbolchisi Jenner hisobni ochdi. 27-daqiqada esa Taseen hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar bir qancha xavfli hujumlarni uyushtirmasin, darvozalar daxlsiz qoldi.
Shu tariqa qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 96-daqiqada Elaibi iroqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol qo‘shimcha bo‘limlarda yagonaligicha qoldi va Iroqqa g‘alaba keltirdi.
Iroq musobaqada 3-o‘rinni egallab, Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Indoneziya esa 9-may sanasida Olimpiada yo‘llanmasi uchun Gvineyaga qarshi bahs olib boradi.
U-23 Osiyo Kubogi
3-o‘rin uchun bahs
2-may, payshanba
Iroq U-23 – Indoneziya U-23 2:1
Gollar: 0:1 — 19 Jenner, 1:1 — 27 Taseen, 2:1 — 96 Elaibi.
Izoh (0)