Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Singapur parlamenti spikeri Sia Kian Peng boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida Singapur delegatsiyasi vakillari ikki mamlakat rahbarlarining tashriflari natijasida O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida eʼtirof etdi.
Uchrashuv davomida parlamentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ilm-fan va taʼlim, savdo-iqtisodiy hamda davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi amaliy hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Shuningdek, parlamentlararo faol hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi barcha darajadagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim mexanizmlardan biri ekanligi qayd etildi.
Uchrashuv so‘ngida parlamentlar qo‘mitalari o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va “do‘stlik guruhlari” faoliyatini jadallashtirishga kelishib olindi.
Izoh (0)