Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida 17,9 metr balandlikdagi avtomobil yo‘lining qulashi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Hodisa 1-may, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat kunduzgi ikkida sodir bo'lgan. Oqibatda 18 ta mashina balandlikdan yerga qulagan.

Avtomobil yo‘li kuchli yomg‘irlar oqibatida yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Guangdong provinsiyasining ayrim hududlarida so‘nggi ikki hafta ichida rekord darajadagi yomg‘ir va do‘l yog‘di.
Izoh (0)