Ukraina tarixida birinchi marta dronlardan foydalanadigan ko‘ngillilardan iborat ayollar bo‘linmasi tashkil etiladi. Ular mudofaa kuchlari bilan hamkorlikda aviatexnikadan foydalanadi. Bu haqda “Dnepr Operativniy” xabar berdi.
“Santyago ordeni” dronlar rotasi qo‘mondoni Igor Lutsenko dronlar bilan ishlash texnik savodxonlik, ehtiyotkorlik, aniqlik, asosiysi, muhandislik ko‘nikmalari va ijodiy taktik fikrlashni talab qilishini aytdi. U
ayollar dronlar bo‘limiga bir necha bosqichdagi saralashdan keyingina qabul qilinishini bildirdi. Xususan:
- ayol nomzodlarning jangovar yaroqliligi aniqlanadi;
- ular o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi;
- xavfsizlik xizmati ularni tekshiradi;
- bo‘limga qabul qilish bo‘yicha yakuniy qaror chiqariladi.
Ushbu sohadagi oldingi tajriba ham inobatga olinadi, ya’ni dronlarni yoki shunga o‘xshash tizimlarni ishlatish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, harbiy xizmat o‘taganlik, elektronika va dasturlash bo‘yicha ishlaganlik.
Ukraina ayollarning harbiy qismlarini shakllantirish tajribasiga ega. Xususan, birinchi ukrainalik ayollar bo‘linmasi Birinchi jahon urushidan oldin Ukraina o‘qotarlari safida tashkil etilgan. Dunyodagi eng mashhur ayollar bo‘linmalaridan biri bu Britaniya ayollar qirollik havo kuchlaridir.
Izoh (0)