Boshlangan ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Qayd etilishicha, o‘tgan dam olish kunlari havo biroz salqinlashganidan so‘ng, harorat foni ko‘tarila boshlaydi va hafta o‘rtasidan kunduz kunlari 24-29 darajagacha, ba’zi joylarda 31 darajagacha isiydi. Kechalari harorat 10-15 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 1-mayda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 29—30-aprel kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chish xavfi saqlanib turadi.
Toshkentda 29-apreldan 3-maygacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Aprelning so‘nggi ikki kunida harorat 21-24 daraja atrofida bo‘ladi, 1—3-may kunlari 25-29 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 12-15 darajagacha ko‘tariladi.
Izoh (0)