“Meva Arena” stadioni “Mayns” futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Wikipedia ma’lumotlariga ko‘ra, stadion 2011-yilda ochilganidan beri Coface Arena nomini oldi va 2016-yil iyul oyida Opel avtomobil kompaniyasi stadion nomiga bo‘lgan huquqlarni sotib olgan.


Stadion 30 ming tomoshabindan ko‘proq tomoshabinni sig‘dira oladi. Shu paytgacha muxlislar arenaga kelib, Ikkinchi jahon urushi paytida portlamagan 500 kilolik bomba yonida o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlagan. Bomba bugun, 26-aprel sanasida zararsizlantiriladi.

Bomba chorshanba kuni arenani ta’mirlash vaqtida topilgan. Hududning 4600 ga yaqin aholisi vaqtincha evakuatsiya qilinadi.

28-aprel kuni Bundesliganing 31-turi doirasida “Mayns” “Meva Arena”da “Kyoln”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi.
Izoh (0)