“Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden jamoadoshi Kevin de Bryuyneni Angliya Premyer Ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topdi.
“Menimcha, Kevin Premyer Ligadagi eng yaxshi futbolchi hisoblanadi. U bilan birga o‘ynash juda yoqimli va bunday imkoniyat ko‘p bo‘lishiga umid qilaman”, — deb Fil Foden so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Eslatib o‘tamiz, Foden “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda Foden barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda qatnashib, 24 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fil Foden “Brayton” bilan bo‘lgan “Manchester Siti”ning so‘nggi o‘yinida dubl qayd etib, jamoasining yirik hisobda (0:4) g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 130 million yevroni tashkil qiladi.
“Manchester Siti” jamoasi 33 o‘yindan keyin APLda 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa 77 ochko bilan birinchi o‘rinda turgan “Arsenal” klubidan bir ochko kam to‘plagan.
Izoh (0)