AQSH Moliya vazirligining Eronga qarshi sanksiyalar ro‘yxati sakkiz nafar jismoniy shaxs va 15 ta kompaniyani qamrab oldi, deyiladi AQSH departamenti tomonidan e’lon qilingan hujjatda.
Shu bilan birga, AQSH G‘aznachiligi beshta kema va bitta samolyotga nisbatan cheklovlar kiritdi.
Moliya vazirligi cheklovlarni joriy etishga aynan nima asos bo‘lganini ma’lum qilmagan.
Vazirlikning sanksiyalari ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning aktivlarini muzlatish va AQSH fuqarolari hamda kompaniyalariga ular bilan biznes operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqlashni nazarda tutadi.
18-aprel kuni AQSH va Buyuk Britaniya Isroilga hujum qilgani uchun Eronga qarshi sanksiyalar joriy etgani xabar berilgandi.
O‘shanda Eronning 16 nafar jismoniy shaxsi va 11 ta yuridik shaxsi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgandi.
Izoh (0)