O‘zbekistonda soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi yuzasidan ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, 2024-yil yanvar—mart oylarida respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 96 foizni tashkil etdi. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar, Toshkent shahrida qayd etildi — 97 foiz;
- Buxoro, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari — 96 foiz;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlari — 95 foiz.
- Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari — 94 foiz.
Shuningdek, soliq turlari kesimida:
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 99 foiz;
- aksiz solig‘i — 98 foiz;
- foyda solig‘i va JSHODS — 97 foiz;
- QQS — 96 foiz;
- AOS, mol-mulk solig‘i — 95 foiz;
- Yer solig‘i — 94 foiz;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 90 foiz.
Izoh (0)